• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trln so‘m ajratiladi
21:45
O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trln so‘m ajratiladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon qabul qildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart, payshanba kuni, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Hujjatga asosan, Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unda 10 trillion so‘m shakllantiriladi.

"Bugungi sharoitda sanoat korxonalari, tadbirkorlar va eksportyorlar bizdan aniq va samarali choralar kutmoqda. Shu bois iqtisodiyotda hisob-kitob qilinayotgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun zaxira yaratish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etib o‘tilgan farmon bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan. Yig‘ilishda farmonda belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish, pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 18-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus bo‘yicha xalqqa murojaat qilgandi. Shuningdek, davlat rahbari mazkur pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini kamaytirish maqsadida zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalardagi kompaniyalarga soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishini tashkil etmoqda.Ma’lum qilishlaricha, Fransiyada bo‘lib qaytgan birinchi bemor ayolning yana uch nafar qarindoshida koronavirus aniqlangan. Avvalroq uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi, onasi, kelini, yana bir qarindoshi va bir hamkasbida ham kasallik aniqlangan edi.

Shuningdek, 15-mart kuni HY274 Istanbul—Toshkent reysi bilan kelgan reysning yana bir yo‘lovchisida ham koronavirus aniqlangan. Avvalroq shu reysda bo‘lgan ikki er-xotin va yana bir yo‘lovchida ham koronavirus infeksiyasi topilgan edi.

Bundan tashqari, 14-mart kuni HY202 London—Toshkent reysi bilan kelgan yana bir yo‘lovchida ham kasallik qayd etilgan. Bu — mazkur reysda kelib, koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rtinchi fuqaro. Avvalroq bir er-xotin va yana bir yo‘lovchida virus qayd etilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, koronavirus aniqlangan yangi besh bemorning bari shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan. Qo‘shimcha qilishlaricha, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:577 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031