• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 24 » O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni sakkiz nafarga yetdi
12:30
O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni sakkiz nafarga yetdi

Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi F. (ayol) viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘ta og‘ir ahvolda 19-aprel kuni yotqizilgan va sun’iy nafas oldirish apparatiga olingan. Tahlillardan so‘ng bemorda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan.

"Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida bemor Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasiga o‘tkazilgan. Bemorda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom, gipertoniya kasalligi ikkinchi bosqich, xavf 4, semizlikning 3-darajasi bo‘lganligi sababli kasallik og‘ir kechib, davolanish davomida hamisha sun’iy nafas oldirish apparatida bo‘lgan”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Bemorning shu kungacha ahvoli sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan. Biroq belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning vafot etishi bilan bog‘liq sakkizinchi holatdir. Bungacha

27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);

28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;

7-aprel kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;

11-aprel kuni esa xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;

14-aprel kuni Namangan shahrida yashovchi 73 yoshli Sh. yurak qon-tomir yetishmovchiligidan;

18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;

22-aprel kuni Namangan shahrida yashovchi 54 yoshli bemor (ayol) o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan
vafot etgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1778 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 598 nafari esa sog‘aygan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:579 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь