• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 29 » O‘zbekistonda karantin vaqtida farzandlariga qarayotgan ota-onalarga yillik mehnat ta’tilini berish tartibi e’lon qilindi
09:10
O‘zbekistonda karantin vaqtida farzandlariga qarayotgan ota-onalarga yillik mehnat ta’tilini berish tartibi e’lon qilindi

"Karantinga oid choralar amal qilishi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga yillik mehnat ta’tili berishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Unda koronavirus sabab barcha ta’lim muassasalari karantinga yopilgani tufayli bog‘cha bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ota-onalariga ta’til berilishi shartlari va tartiblari bayon etilgan. Nizom tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning xodimlarga qo‘llaniladi.

Nizomga muvofiq mehnat ta’tili berilganda:

mehnat ta’tili olti oy ishlagandan keyin berilishini inobatga olgan holda birinchi yil ishlayotgan xodimga ushbu ta’til berish qoidalari qo‘llanilmaydi;

mehnat ta’tili xodimning xohishiga ko‘ra tashkilot tomonidan tasdiqlangan ta’tillar jadvalidan qat’i nazar navbatdan tashqari beriladi.

Agar xodim koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish vaqtida maktabgacha ta’lim tashkilotlari va 

umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilgandan oldin mehnat ta’tilini olgan bo‘lsa yoki karantin tadbirlari amalga oshirilayotgan davrda mehnat ta’tilini olishni xohlamasa, ish beruvchi xodimning xohishiga ko‘ra quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

xodimni masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish jadvali yoki uyda ishlashga vaqtincha o‘tkazishi mumkin;

xodimga mehnat haqi saqlanmagan holda ta’til berish.

Xodimlar tashkilot rahbari nomiga yillik mehnat ta’tilini berilishi bo‘yicha sababi va sanasini ko‘rsatgan holda yozma ariza taqdim etadi.

Xodimning xohishiga binoan arizada so‘ralayotgan mehnat ta’tilining ish kunlarini ko‘rsatgan holda davomiyligi ko‘rsatilishi mumkin, ammo tashkilotning jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarda belgilangan, mehnat shartnomasi shartlariga asosan yillik mehnat ta’tili kunlaridan oshib ketmasligi kerak.

Ish beruvchi yillik mehnat ta’tilini arizada ko‘rsatilgan muddatga tashkilotda tasdiqlangan ta’til berish jadvalining muddatiga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligidan, agar ta’til birinchi ish yili uchun berilayotgan bo‘lsa, shu ish yilida ishlangan oylar sonidan qat’i nazar berishga majbur.

Ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanmasidan oldingi oxirgi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi. Ammo agar ta’til ariza berilgan kundan keyingi kun yoki keyingi ikki kun ichida talab qilingan holatlarda ish beruvchi uni ta’til olish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida to‘lashi shart va mehnat ta’tili haqini xodimning yashash joyiga yetkazib berishni ta’minlashi yoki ish haqi va daromadlar bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni olish uchun mo‘ljallangan xodimning bank kartasiga to‘lash orqali amalga oshiradi.

Agar xodim yillik mehnat ta’tilida bo‘lgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati tiklansa yoki xodimning mehnat ta’tilida bo‘lish ehtiyoji yo‘qolsa, xodim muddatidan oldin ishga chiqish bo‘yicha yozma ariza bilan murojaat qilishi mumkin, ish beruvchi esa ushbu arizani qondirishi lozim.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim muassasalarining faoliyati to‘xtatilganligi sababli xodim ta’tilga chiqqan davrida xodimni ta’tildan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hujjat loyihasi muhokamasi 10-aprelga qadar davom etadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:568 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031