• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 3600 dan ortiq holat qayd etildi
15:26
O‘zbekistonda karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq 3600 dan ortiq holat qayd etildi

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 3649 ta holat qayd etilgan. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, karantin qoidalarini buzish bo‘yicha:

Toshkent shahrida — 476 ta;

Toshkent viloyatida — 259 ta;

Jizzax viloyatida — 415 ta;

Buxoro viloyatida — 276 ta;

Samarqand viloyatida — 538 ta;

Qashqadaryo viloyatida — 11 ta;

Surxondaryo viloyatida — 221 ta;

Xorazm viloyatida — 52 ta;

Sirdaryo viloyatida — 53 ta;

Farg‘ona viloyatida — 506 ta;

Navoiy viloyatida — 104 ta;

Namangan viloyatida — 281 ta;

Andijon viloyatida — 316 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 141 ta holat aniqlangan.

Karantir qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda, deyiladi bayonotda.

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumani "Eshonguzar” QFYda yashovchi fuqaro J.R. tibbiy kuzatuv ostiga olinganiga qaramasdan, 25-mart kuni soat 12:00 da uyidan chiqib ketganligi uchun Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlangan.

Shuningdek, Jizzax viloyati Baxmal tumani "Do‘stlik” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro I. A. umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar joylar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib turish to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan 24-mart kuni soat 10:00 da ushbu hududda joylashgan o‘ziga qarashli "Shashlik markazi” nomli choyxonada 6 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan.

Buxoro viloyati Buxoro tumani "Chorbakr” MFYda yashovchi fuqaro A.J. hududiy profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay 24-mart kuni soat 20:30 da o‘ziga tegishli bo‘lgan Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasidagi "Bek” kafesida 3 nafar mijozga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani "Katta Tagob” mahallasida yashovchi va o‘z uyida karantinda saqlangan, 21-mart kuni Qozog‘istondan kelgan fuqaro B.T. 23-mart kuni soat 11:00 da uyiga qarindoshlarini mehmonga chaqirganligi aniqlangan.

Yuqoridagi kabi holatlar yuzasidan huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan mamlakatdagi haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib chiqarishga qaratilgan uydirmalar, shuningdek, asossiz ma’lumotlarni tarqatayotgan akkauntlarni aniqlash va ularning egalariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda huquqiy ta’sir choralarini ko‘rish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganda javobgarlik kuchayishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Qonunga ko‘ra, karantin qoidalarini buzganlik uchun jazo kuchaytirildi va jarimalar miqdori bir necha barobar oshirildi. Yuqumli kasallik haqida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga yana bir bor murojaat qildi. O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus komissiya koronavirusga qarshi karantin qoidalariga rioya qilishni so‘rab murojaat yo‘lladi.

O‘zbekistonda 27-mart kuni soat 10:00 dan boshlab viloyatlararo yo‘nalishlarda barcha turdagi avtotransport vositalarining harakatlanishi to‘xtatildi. Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Zarafshon shaharlariga kirish-chiqish cheklandi hamda 28-martdan boshlab Qarshi shahriga kirish-chiqish yopiladi. 24-mart kuni Qamchiq dovoni bo‘ylab transport harakati to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 83 nafarga yetdi, ulardan yetti nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 27-mart kuni tongda Namanganda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol vafot etdi — uning o‘limiga miokard infarkti sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:536 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031