• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 51
Гостей: 51
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 7 » O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlandi
13:53
O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlandi

O‘zbekistonda 7-aprelga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 32 649 ta holat aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, eng ko‘p — 5 284 ta qoidabuzarlik Toshkent shahrida qayd etilgan. Shu sababli Toshkent mahallalarida karantin tartibini nazorat qiluvchi yuzlab postlar tashkil etildi. Toshkent viloyatida esa bunday holatlar soni 3 910 tani tashkil etmoqda.

Respublika bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar esa quyidagicha:

Farg‘ona viloyatida — 4 088 ta;

Samarqand viloyatida — 3 194 ta;

Qashqadaryo viloyatida — 2 877 ta;

Namangan viloyatida — 2 171 ta;

Sirdaryo viloyatida — 2 161 ta;

Andijon viloyatida — 1 1781 ta;

Jizzax viloyatida — 1 613 ta;

Surxondaryo viloyatida — 1 533 ta;

Xorazm viloyatida — 1 330 ta;

Buxoro viloyatida — 1 320 ta;

Navoiy viloyatida — 345 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 1 042 ta holatni tashkil etmoqda.

"Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 15-mart kuni qayd etilgan. Shu sababli respublikada koronavirus karantini tartibi amal qilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 472 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov fuqarolar intizom saqlab, barcha tartib-qoidaga amal qilib, ikki hafta uyda o‘tirsa, hammasi o‘tib ketishini aytgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:529 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь