• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 23 » O‘zbekistonda karantin cheklovlari yana uzaytiriladi
20:00
O‘zbekistonda karantin cheklovlari yana uzaytiriladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir avvalida mamlakat pandemiyaga qarshi qanday kurash olib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning qayd etishicha, bugungi kunda eng muhim vazifa aholi o‘rtasida virus zanjirini uzish hisoblanadi. Buning uchun karantin talablariga so‘zsiz amal qilish, ularning immunitetini mustahkamlash, sog‘lig‘ini asrab-avaylash, har bir insonning hayoti uchun kurashish zarur.

Shu munosabat bilan, shuningdek, kasallik yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirildi.

Bunda "Pandemiyaga qarshi kurash — har birimizning vijdon ishimiz”, "O‘zim, oilam, farzandlarim sog‘lig‘i uchun avvalo o‘zim javobgarman”, degan fikrlarni xalqimiz ongiga chuqur singdirish va amaliy hayot mezoniga aylantirish lozimligi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, bugun pandemiyani jilovlashda hokimliklar, sektorlar, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar idoralari rahbarlari va xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar zimmasida juda katta mas’uliyat turibdi. Chunki aholining aksariyati, keksalar, bolalar, xotin-qizlar uyda o‘tirishga majbur. Ularning birinchi galdagi hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash, tegishli tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish aynan ana shu tashkilotlarga va faollarga bog‘liq.

"Barchamiz hamjihatlikda, chuqur mas’uliyat bilan tizimli ishlasak, bu og‘ir sinovlarni albatta yengamiz. Yana bir bor takrorlayman, bugungi kundagi eng muhim talab — barchamiz pandemiya sharoitida yashash va ishlashga o‘rganishimiz shart”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 8-iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirildi. To‘ylar, oilaviy va ommaviy tadbirlar taqiqlandi, avtotransport harakati cheklandi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopildi, xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartirildi, O‘zbekistonning barcha hududlari epidemiologik toifasi "qizil” bo‘ldi, barcha masjidlar faoliyati yana to‘xtatildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:705 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031