• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 2 » O‘zbekistonda “Google solig‘i” to‘lovchilar qatoriga Huawei ham qo‘shildi
19:00
O‘zbekistonda “Google solig‘i” to‘lovchilar qatoriga Huawei ham qo‘shildi

Huawei kompaniyasi O‘zbekistonda internet orqali ko‘rsatilgan xizmatlar va sotilgan mahsulotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan Huawei Services Co., Limited kompaniyasi 1-iyun kuni O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan.

Shu tariqa, O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatga olingan xorijiy internet kompaniyalarning soni 14 taga yetdi.

Avvalroq "Yandeks” O‘zbekistonda "Google solig‘i” to‘laydigan kompaniyalar qatoriga qo‘shilgani haqida xabar berilgan edi.

Bunga qadar Google, Facebook, Netflix, Samsung, Apple, "Booking.com” va boshqa kompaniyalar O‘zbekistonda ko‘rsatilgan raqamli xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Mamlakatda bunday kompaniyalarni ro‘yxatga olish uchun Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan maxsus xizmat — internet-kompaniyalarning QQS-ofisi yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Soliq kodeksining yangilangan tahririda "Google solig‘i” belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida raqamli xizmatlar ko‘rsatadigan xorijiy internet-kompaniyalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:541 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь