• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 4 » O‘zbekistonda fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi yo‘riqnoma qabul qilish kutilmoqda
21:25
O‘zbekistonda fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olish bo‘yicha yangi yo‘riqnoma qabul qilish kutilmoqda

O‘zbekistonda fuqarolarni harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risida yangi yo‘riqnoma qabul qilish rejalashtirilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, harbiy xizmat muddatli harbiy xizmat, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni o‘tagan rezervchilar xizmati kabi xizmat turlaridan iborat.

Taklif etilayotgan yo‘riqnomaga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari zaxirasida va rezervida turuvchi fuqarolar — harbiy xizmatga majburlar deb ataladi. Harbiy xizmatga chaqiriladigan va tuman (shahar) chaqiruv uchastkalarida qayd etilgan shaxslar — chaqiriluvchilar deb ataladi. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatdan o‘tishi zarur.

Hujjatga muvofiq, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatdan o‘tkazish davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish hamda tahlil qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi.

U joylardagi boshqaruv va davlat hokimiyati organlari, mahalliy harbiy boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxona, muassasa, tashkilotlar, shu jumladan, ta’lim muassasalarining rahbarlari tomonidan idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar yashash, ishlash va o‘qish joylari bo‘yicha olib boriladi.

Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy ro‘yxatga olish tizimi mamlakatda amal qiluvchi pasport tizimi bilan bog‘liq holda yuritiladi. Ro‘yxatga olish tizimining faoliyat ko‘rsatishi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari tomonidan ta’minlanadi.

Yo‘riqnomaga ko‘ra, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy ro‘yxati umumiy, maxsus va shaxsiy ro‘yxatga bo‘linadi.

Maxsus harbiy ro‘yxatda safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga bronlashtirib qo‘yilgan harbiy xizmatga majburlar turadi.

Umumiy harbiy ro‘yxat safarbarlik davri va urush davri uchun davlat boshqaruv organlari, korxona, tashkilot va muassasalarga bronlashtirilmagan harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish va nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.

Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy ro‘yxatga olish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan, shuningdek, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar ishlaydigan yoki o‘qiydigan korxona, muassasa, tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.

Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga bo‘linadi. Harbiy xizmatga majburlar rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarga bo‘linadi.

Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar tarkibiga muddatli harbiy xizmatni, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tagan fuqarolar kiradi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilishdan (salomatligiga ko‘ra harbiy ro‘yxatdan chiqarilganlardan tashqari) va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatdan ozod etilgan harbiy xizmatga majburlar, harbiy xizmatni o‘tamagan ofitserlar, harbiy hisobdagi ixtisosligi bo‘lgan ayollar, shuningdek, muqobil xizmatni o‘tagan fuqarolar zaxiradagilar harbiy ro‘yxatiga qo‘yiladi.

Rezervdagi harbiy xizmatga majburlar ularga berilgan harbiy unvoniga mos ravishda "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervida xizmat” qonuni talablari asosida harbiy ro‘yxatda turadi.

Rezervda va zaxirada bo‘lish yoshining chegarasiga yetgan yoki salomatligiga ko‘ra belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan harbiy xizmatga majburlar mudofaa ishlari organlari tomonidan iste’foga chiqarilib, harbiy ro‘yxatdan chiqariladi.

Tuman (shahar) chaqiruv hududlarida qayd etilgan fuqarolar qayd qilingan kundan boshlab, muddatli harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar yoki zaxiraga o‘tkazilgunga qadar chaqiriluvchilar harbiy ro‘yxatida turadi. Chaqiriluvchilarning ro‘yxatda turish yoshining chegarasi 27 yosh deb belgilangan.

Hujjat muhokamasi 19-martga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yigitlar bir yillik muddatli harbiy xizmatga borishi qat’iyan belgilangan edi. Bundan tashqari, oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘lgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:529 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031