• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 7 » O‘zbekistonda don yetishtirish rejasini davlat tomonidan belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi
18:27
O‘zbekistonda don yetishtirish rejasini davlat tomonidan belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi

Prezident "G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, birinchidan, 2020-yil hosili uchun barcha g‘alla yetishtiruvchilar uchun davlat byurtmasi o‘rtacha 25 foizgacha kamaytirilgan holda 2 million 265 ming tonna qilib belgilash taklif qilinmoqda. 2020-yil hosilidan boshlab davlat tomonidan don yetishtirish rejasini belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi.

Ikkinchidan, 2021-yil hosilidan boshlab:

davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi;

davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi hamda yetishtiriladigan g‘alla barcha iste’molchilarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin narxlarda sotiladi;

don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi g‘alla fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi;

xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi;

jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan (indikativ) narxlar e’lon qilib boriladi.

Uchinchidan, g‘alla yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi mexanizmi joriy etiladi.

2020-yil 1-iyundan boshlab:

a) fermer xo‘jaliklari, g‘allachilik klasterlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklarining g‘alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan jamg‘arma mablag‘lari hisobidan 12 oy muddatgacha g‘alla umumiy qiymatining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 10 foiz, 50 foizigacha bo‘lgan miqdorda moliyalashtirilganda yillik 12 foiz stavkadan (shundan bank marjasi 2 foiz) oshmagan miqdorda kreditlar ajratiladi.

Bunda:

kredit mablag‘laridan erkin foydalaniladi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlanadi;
ajratilgan kredit mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismi tijorat krediti sifatida qayta rasmiylashtiriladi;
b) donni qayta ishlovchi korxonalar hamda donni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan g‘allachilik klasterlari tomonidan g‘allani xarid qilish uchun tijorat banklari tomonidan 12 oy muddatgacha 50 milliard so‘mgacha miqdorda tijorat kreditlari ajratiladi.

Bunda:

milliy valyutada ajratiladigan tijorat kreditlari bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga;

xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya beriladi;

g‘allani xarid qilish uchun ajratilgan kredit mablag‘larining muddatida qaytarilmagan qismiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat 

jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya berilmaydi.
"Omborxona guvohnomasi” va "Agrar guvohnomasi” kabi moliyaviy hujjatlardan foydalanishni amaliyotga kiritishning huquqiy asoslari yaratiladi.

To‘rtinchidan, don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish jamg‘arma zimmasiga yuklatiladi va bug‘doy oylik grafik asosida jamg‘arma tomonidan birjada sotuvga qo‘yiladi.

Birja narxlari keskin o‘zgarganda, ya’ni uzluksiz 3 ish kuni mobaynida 20 foiz va undan ortiq miqdorda oshgan yoki pasaygan hollarda jamg‘armaga tasdiqlangan grafikka o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.

Beshinchidan, Vazirlar Mahkamasiga "O‘zdonmahsulot” AK tizimiga kiruvchi don korxonalarini 2020—2021-yillarda bosqichma-bosqich xususiy sektorga sotish chora-tadbirlarini belgilash topshirilmoqda.

Oltinchidan, g‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish bo‘yicha Respublika kengashi tashkil etiladi.

Kengash quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

g‘alla o‘rim-yig‘im davrida ichki bozorda shakllangan narxlardan kelib chiqib, xarid qilinadigan bug‘doy narxini hamda xarid qilinadigan bug‘doy hajmini belgilaydi;

Jahon bozori va mintaqa mamlakatlari birjalarida bug‘doyning narxlari maqbul bo‘lgan davrda markazlashgan tartibda (hukumatlararo shartnomalarga asosan) bug‘doy import qilish masalasini operativ ko‘rib chiqadi;

oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:531 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031