• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 7 » O‘zbekistonda DNK ekspertizasini o‘tkazish narxlari ma’lum qilindi
11:08
O‘zbekistonda DNK ekspertizasini o‘tkazish narxlari ma’lum qilindi
Respublika sud ekspertiza markazi O‘zbekistonda DNK ekspertizasi qay tartibda tayinlanishi, ekspertiza jarayonida nimalar aniqlanishi, xizmat haqi kabi masalalar yuzasidan ma’lumot berdi, 
Markazning laboratoriya mudiri Dilobar Ahmedovaning aytishicha, DNK ekspertizasi tergov organlarining qarori hamda sudning ajrimiga, shuningdek, fuqarolarning o‘z ixtiyoriga ko‘ra bergan arizasiga asosan tayinlanadi.

Tergov va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hujjatlari bilan tayinlangan ekspertizalar bepul, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar va jismoniy shaxslarning arizalariga ko‘ra tayinlangan ekpertizalar to‘lov asosida o‘tkaziladi.

Tadqiqotlarning narxi ularning murakkablik darajasi va taqdim qilinayotgan obyektlarning soniga qarab belgilanadi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi kundagi tarifga asosan, oddiy DNK ekspertizasining narxi 2 083 707 so‘mni tashkil etadi. O‘rtacha murakkablikdagi tadqiqotlarning narxi 4 021 189 so‘m, murakkab ekspertizalar uchun belgilangan to‘lov esa 6 million so‘mdan ziyodni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, otalikni aniqlash bo‘yicha DNK ekspertizasi oddiy turdagi tadqiqot hisoblanadi. Bunda bir nafardan besh nafargacha shaxsning namunasi taqdim qilinishi kerak. Shunda, bunday ekspertiza uchun 2 083 707 so‘m to‘lanadi.

Agar olti va undan ortiq shaxsning namunalari o‘rganiladigan bo‘lsa, masalan, yetti farzand va ota-onaning DNK namunalari tadqiq qilinsa, buning uchun 6 million so‘mdan ko‘proq to‘lov qilishga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, ekspertizalar tadqiqot obyektlariga ko‘ra ham farqlanadi. Ya’ni kam xarajat talab qiladigan biologik obyektlar mavjud. Bular qon va so‘lak namunalari hisoblanadi. Ushbu tadqiqot obyektlari asosida o‘tkaziladigan ekspertizalar uchun 2 083 707 so‘m undiriladi. Agar soch, qo‘l terisi bilan birga olingan tirnoqlar tadqiq qilinsa, buning narxi 4 021 189 so‘m bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, murakkab turdagi ekspertizalar eksgumatsiya qilingan jasadning suyak namunalari asosida o‘tkaziladi. Bunday ekspertizalar respublika sud ekspertiza markazida deyarli o‘tkazilmaydi. Faqatgina tergov jarayonida bunday ekspertizalarga ehtiyoj tug‘ilishi mumkin. Markazda o‘tkaziladigan ekspertizalarning aksariyati oddiy, ba’zi bir holatlarda o‘rtacha murakkablikdagi tadqiqotlar hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, sud ekspertizasining hajmi va murakkabligiga, shuningdek, sud ekspertining ish hajmiga qarab kam obyektli va murakkab bo‘lmagan tekshiruv o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha 10 kungacha, ko‘p obyektli yoki murakkab tekshiruvlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha 20 kungacha, ko‘p obyektli va murakkab tekshiruvlar o‘tkazishga doir materiallar bo‘yicha 30 kungacha bo‘lgan muddat talab etiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:555 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031