• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 7 » O‘zbekistonda diniy ekstremistik tashkilot tuzishda ayblanib qamalgan Aramais Avakyan ozodlikka chiqarildi
16:47
O‘zbekistonda diniy ekstremistik tashkilot tuzishda ayblanib qamalgan Aramais Avakyan ozodlikka chiqarildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida istiqomat qilgan, asli ozarbayjonlik Aramais Avakyan jazoni ijro etish manzil-koloniyasidan ozod etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabardi
1982-yilda tug‘ilgan Aramais Avakyan O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. U 2016-yili 19-fevralda sudning tegishli qarori bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. O‘shanda Avakyan Jinoyat kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161-moddasi (Qo‘poruvchilik), 169-moddasi (O‘g‘rilik), 244/1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244/2-moddasida (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybli, deb topilgandi.

2016-yili 22-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudida apellyatsiya instansiyasida sud qarori ustidan shikoyat ko‘rib chiqilgan va hukm o‘zgarishsiz qolgandi. Oradan 2  yil o‘tib, may oyida Avakyan jazoni ijro etish manzil-koloniyasiga o‘tkazilgandi.

2020-yil 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov kollegiyasi quyi instansiya qarorlaridagi Avakyanga tegishli qismi o‘zgartirildi. Uning jazo muddati 4 yil, 4 oy va 27 kungacha qisqartirildi. Ayni paytda jazo muddatini o‘tab bo‘lgan Aramais jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etildi.

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum fermerning ozod etilganiga munosabat bildirib, buni olqishladi.

"O‘zbekiston joylarda hokimiyatdan g‘ayriqonuniy foydalanish oqibatida qamoqqa nohaq tushgan Aramais Avakyanni qo‘yib yuborganini eshitib, xursand bo‘ldim. Bu Mirziyoyev boshqaruvidagi O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sari qo‘yilgan yana bitta qadam”, — deb fikr bildirgan u Twitter’dagi sahifasida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:515 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829