• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 23 » O‘zbekistonda dehqonlarning yerga umrbod egalik huquqi bekor qilinishi mumkin
20:32
O‘zbekistonda dehqonlarning yerga umrbod egalik huquqi bekor qilinishi mumkin

O‘zbekistonda dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan ajratish tartibi bekor qilinishi mumkin. Bu tartibni bekor qilish Adliya vazirligi tomonidan jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan " ‘Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida’gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasida taklif qilinmoqda.

Qonun loyihasida qayd etilishicha, ushbu loyiha dehqon xo‘jaligini tashkil etish, uning faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash, shuningdek, dehqon xo‘jaliklarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur qonun loyihasida dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratish tartibini bekor qilish ko‘zda tutilgan. Amaldagi qonunga ko‘ra, dehqon xo‘jaliklariga yerdan umrbod foydalanish va meros qoldirish huquqi berilgan. Yangi qonun qabul qilinsa, dehqon xo‘jaliklari ushbu huquqdan mahrum bo‘ladi.

Qonun loyihasi 6 ta bob va 28 ta moddadan iborat. Ushbu qonunning yangi tahririda dehqon xo‘jaligi, uning a’zolari, xo‘jalikni hisobga qo‘yish, xo‘jalik yer uchastkasidan foydalanish va uning ustidan davlat nazorati, suv iste’moli, moliyaviy xizmatlardan foydalanishi, mehnatni tashkil etish va xo‘jalik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator masalalar ko‘zda tutilgan.

"Dehqon xo‘jaligi tasarrufidagi yer uchastkasidan maqsadli va oqilona foydalanishni nazorat qilish vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekmagan taqdirda, yer solig‘i belgilangan stavkaning uch baravari miqdorida undiriladi”, — deyiladi qonun loyihasida.

Mazkur qonun loyihasi bo‘yicha muhokamalar 3-iyulga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida  2020-yilning 8-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tomorqadan samarali foydalanmayotgan xonadon egalari rasman ogohlantirilishi, undan keyin ham ekin ekmaganlarga yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llanilishini ko‘zda tutuvchi tizimni joriy qilish bo‘yicha topshiriq berilgandi.

Shundan so‘ng, 13-aprel kuni Oliy Majlis palatalari kengashlarining "Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Qaror O‘zbekistonda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishini ko‘zda tutgandi.

Parlament quyi palatasining 2020-yil 16-aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar "O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini qabul qildi. Loyihada tomorqaga o‘z tanlovi asosida biron-bir qishloq xo‘jalik ekini ekmagan fuqarolar avval ogohlantirilishi, keyin bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarimaga tortilishi belgilangandi. Agar mazkur holat bir yil davomida takroran sodir etilsa, bu qiymat uch baravardan besh baravargacha miqdorda bo‘lishi ko‘zda tutilgandi.

Biroq taklif qilingan mazkur o‘zgarish bir qator e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Senat o‘zining to‘rtinchi yalpi majlisida mazkur taklifni ma’qullamadi.

Keyinroq Adliya vazirligi "Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:450 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь