• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 13 » O‘zbekistonda bir yo‘la 80 nafarga yaqin bemor koronavirusdan sog‘aydi
16:08
O‘zbekistonda bir yo‘la 80 nafarga yaqin bemor koronavirusdan sog‘aydi

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida 79 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 13 iyun kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida yana 59 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 15 nafar, jami 79 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi", deyiladi xabarda.

Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 43 nafari erkak, 16 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 2019 yil tug‘ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 15 nafar, Namangan viloyatidan 10 nafar, Toshkent viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 5 nafar, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan 4 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Farg‘ona viloyatidan 3 nafardan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Tojikiston Respublikasidan 2 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 37 
yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent shahridan 3 nafar, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar. Endilikda 
Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 1854 nafarga yetdi.

Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Payariq tumanidan 4 nafardan, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 2 nafardan, Ishtixon, Urgut va Pastdarg‘om tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 58 yoshda, kichigi esa 5 yoshda. Endilikda viloyatda tuzalganlar 351 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 3837 nafarni tashkil etmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:487 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь