• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 23 » O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi
16:30
O‘zbekistonda armiyaga chaqiruv vaqtincha qoldirildi

O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi noma’lum muddatga kechiktirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu qaror koronavirus tarqalishi xavfini kamaytirish uchun qabul qilingan.

"O‘zbekiston Qurolli kuchlari muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarsiz ham mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi hamda barqarorlikni ta’minlash qudratiga ega. Navbatdagi chaqiruvning kechiktirilishi milliy armiyamiz salohiyatiga putur yetkazmaydi”, — deya munosabat bildirdi Mudofaa vazirligidagi mutasaddi shaxs.

Ma’lum qilinishicha, chaqiruvning kechikishi armiya safidagi muddatli hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga ham tatbiq etiladi. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat uchun shartnoma imzolab, to‘lovni bajargan shaxslar reja asosida o‘rnatilgan tartibda xizmatni keyinroq o‘tashi aytilmoqda.

"Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — virus tarqalishiga qarshi kurashish. Chaqiruv uchun nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, ularning yaqinlari marosimlar uchun yig‘ilishi mumkin. Shularni inobatga olib, chaqiruvni kechiktirish maqsadga muvofiq, deb topildi”, — deydi suhbatdosh.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining oxirida "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilingan edi. O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yigitlar bir yillik muddatli harbiy xizmatga borishi qat’iyan belgilangan. Bundan tashqari, oliy ma’lumotli fuqarolar ham 12 oy harbiy xizmatni o‘taydigan bo‘lgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:599 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031