• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » O‘zbekistonda aholi salomatlik darajasini yaxshilashda hissa qo‘shganlar uchun orden va medallar ta’sis etiladi
09:25
O‘zbekistonda aholi salomatlik darajasini yaxshilashda hissa qo‘shganlar uchun orden va medallar ta’sis etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi. Deputatlar, jumladan, "III va IV darajali ‘Sog‘lom avlod uchun’ ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi, " ‘Sog‘lom avlod uchun’ medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini muhokama qildi.

Parlament xabarida aytilishicha, III va IV darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommalashtirish, jismoniy va tibbiy madaniyatni rivojlantirish orqali aholi salomatlik darajasini yuksaltirish, bu borada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, jismonan sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirishdagi alohida xizmatlari uchun mukofotlanadi. Ushbu orden bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.

III darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, IV darajali "Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga esa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi. Shuningdek, mazkur ordenlar bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa imtiyozlardan ham foydalanadi.

Deputatlarning qayd etishicha, mazkur ordenlar va medalning ta’sis etilishi mamlakatda xalqning salomatligini saqlash, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirish, sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishda muhim o‘rin tutadi.

"Bu yangilik, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi butun dunyoga xavf solib turgan bugungidek kunda nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, kechani-kecha, kunduzni-kunduz demay, o‘z sog‘lig‘i va hayotini xavfga qo‘yib bo‘lsa-da, odamlar salomatligi uchun kurashayotgan fidoyi kasb egalarini ma’naviy jihatdan rag‘batlantirishga imkon yaratadi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 49 nafarga yetdi. Ayni paytda koronavirusga chalinganlarning 5 nafari tuzaldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031