• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 3 » O‘zbekistonda 300 dan ortiq fuqaro yangi elektron piramidaga “chuv tushgani” ma’lum bo‘ldi
15:37
O‘zbekistonda 300 dan ortiq fuqaro yangi elektron piramidaga “chuv tushgani” ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda Xsinergia elektron piramidasi faoliyati aniqlandi, deb xabar berdi UzNews.

Nashr tahririyatiga 2000 dan 5000 dollargacha puliga kuyib qolgan bir necha fuqaro murojaat qilgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida Ispaniyaning Xsinergia kompaniyasi nomidan bir necha shaxs faoliyat yuritadi. Ular mahalliy aholining pullarini olib, odamlarga tikilgan puldan kunlik 0,5—3 foiz daromad va’da qiladi.

Kiritiladigan sarmoyaning eng kichik miqdori 100 dollar, eng katta miqdori esa 50 000 dollarni tashkil qiladi. Pullar kriptovalyuta orqali tizimga kiritiladi.

Sarmoyadorlarning so‘zlariga ko‘ra, pullarining foizini bir necha oy mobaynida muntazam olib kelgan. So‘ng 2019-yil sentabr oyi oxirida kutilmaganda pul to‘lanishi to‘xtab qoladi.

To‘lovlar to‘xtab qolganini kompaniyaning O‘zbekistondagi vakillari texnik nosozlik bilan izohlaydi. Investorlardan birining aytishicha, aldangan fuqarolar soni 300 dan oshib ketgan.

Rossiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Xsinergia moliyaviy piramidasini Ispaniya fuqarolari Luis Alberto va uning ukasi Enrike de Mena 2019-yilning boshida tashkil etgan.

Ular odamlarga qandaydir "arbitraj roboti” shug‘ullanadigan kriptovalyuta savdosiga pul tikishni taklif qilgan.

Qayd etilishicha, tahririyat aldangan fuqarolar haqida ma’lumot berish uchun huquqni muhofaza qilish organlari bilan bog‘langan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekiston bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga ariza kelib tushgan hamda ayni paytda tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu shaxslar guruhining harakatlaridan jabrlangan fuqarolar huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishlari mumkin, deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:486 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031