• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 8 » O‘zbekistonda 2020-yilda xorij universitetlarining 10 ta yangi filiali ochiladi. “Elektron universitet” tizimi yo‘lga qo‘yiladi
17:53
O‘zbekistonda 2020-yilda xorij universitetlarining 10 ta yangi filiali ochiladi. “Elektron universitet” tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari 6-mart, juma kuni, bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda 2020-yil uchun tasdiqlangan Davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha rejalar bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbirda vazirlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov, boshqarma boshliqlari Maqsud Hamroyev va Alisher Abdullayev, shuningdek, vazirlik matbuot xizmati rahbari Farhod Babashev ishtirok etdi.

Abduvali Xoliqovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatda 117 ta OTM faoliyat olib bormoqda. Yangi oliy ta’lim muassasalarini ochish va yoshlarni oliy ta’limda o‘qishni davom ettirishga jalb qilish ishlari amalga oshirilmoqda. 2017-yilda oliy ta’limga o‘rta ta’limdan o‘quvchilarni qamrab olish 9 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugun ushbu raqam 20 foizga yetgan. Kelasi yili ushbu ko‘rsatkichni 25 foizga yetkazish ko‘zda tutilayotgani aytildi.

Magistraturaga qabul qilinadigan talabalar soni ham qariy ikki baravarga o‘sib — 5000 dan 11,5 ming nafarga yetgan. 2019/2020-o‘quv yilida professor va o‘qituvchilardan iborat OTMlar tarkibiga magistratura bitiruvchilarining 6 foiz qismi qo‘shilgan.

Matbuot anjumanida xorij OTMlari filiallari soni ham yildan yilga ko‘payib borayotgani qayd etildi. Ayni vaqtda O‘zbekistonda 21 ta xorij OTM filiali, jumladan, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Yaponiya va Malayziya kabi davlatlarning institut va universitetlarining filiallari nafaqat poytaxt, balki viloyatlarda ham ochilgan. 2020-yilda xorij OTM filiallari soni yana 10 taga ko‘payadi.

Ketma-ket uch yildan buyon sog‘liqni saqlash hamda pedagogika sohalarida kadrlar buyurtma asosida qabul qilinmoqda. Ushbu chora-tadbirlar samarasi o‘laroq Navoiy viloyatida yoshlarning oliy ta’limga qamrovi darajasi 31 foizga yetib, hudud Toshkent shahridan (31,5 foiz) keyin 2-o‘ringa ko‘tarildi.

Toshkent, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Jizzax hamda Qoraqalpog‘iston Respulikasi o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining OTMlarga kirish ko‘rsatkichi borasida yetakchilik qilmoqda: 20 foiz va undan yuqori. Namangan, Surxondaryo va Andijonda 15 foizdan kamroq.

Vazirlik vakillarining qayd etishicha, qabul kvotalarining o‘sishi 2023-yilda binolar bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltirishi mumkin, shu sababli ushbu muammoni hal etish uchun investitsiya mablag‘larini jalb qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

2020/2021-o‘quv yilida 25 ta OTM kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi. OTMlar tanlovida ushbu tizimga ularning tayyorgalik darajasi va professor hamda o‘qituvchilardan iborat jamoaning tarkibi hisobga olinadi.

Kredit-modul tizimiga o‘tilgach, haftasiga 24 soatni tashkil etuvchi talabaning auditor yuklamasi qisqaradi. Vazirlik vakili o‘quv haftasining 6 kun davom etishi majburiy norma emasligini ham eslatib, OTMlar imkoniyatidan kelib chiqib, uni qisqartirishi mumkinligini ta’kidladi.

Kredit-modul tizimi o‘qituvchidan, ham talabadan ham mas’uliyatli bo‘lishni talab qiladi. Avval umumiy talabalar sonining 0,3-0,4 foiz qismi ikkinchi yilda ham ta’limni davom ettirishga qolgan bo‘lsa, hozirda ushbu raqam 2 foizni tashkil qiladi va kredit-modul tizimiga o‘tilsa, yana o‘sishda davom etishi mumkin. Talabalarda oliygohga kirgan talaba albatta uni tamomlaydi, degan tushuncha bo‘lmasligi, aks holda ish beruvchining bitiruvchiga bo‘lgan munosabati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. OTMlar asosiy e’tiborni muammoli vaziyatlarda mustaqil ravishda to‘g‘ri yechim topa oladigan har tomonlama bilimli kadrlarni yetishtirishga qaratishi lozim.

Oliy ta’lim tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida "Elektron universitet” tizimi ishga tushiriladi — bu baholashda inson omilining ishtirokini kamaytirib, qog‘ozdagi reyting daftarchalari va jurnallarning keyinchalik yo‘q bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Bundan tashqari OTMlarda ishlab chiqarish xodimlarining soni qisqarib, tejab qolingan mablag‘lar muassasani rivojlantirishga sarflanadi. Tizim mart-aprel oylarida sinovdan o‘tkaziladi va yangi o‘quv yilidan barcha institut hamda universitetlarda ishga tushirilishi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:475 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031