• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 14 » O‘zbekistonda 2020-yilda o‘qotar qurollar uchun yangi turdagi patronlar ishlab chiqarish boshlanadi
20:35
O‘zbekistonda 2020-yilda o‘qotar qurollar uchun yangi turdagi patronlar ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistondagi mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan "Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi” davlat korxonasi (DK), "‘Vostok’ Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” davlat unitar korxonasi (DUK) kabi bir qator korxonalar o‘tgan yillar davomida og‘ir iqtisodiy ahvolga kelib qolgan edi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tashabbusiga ko‘ra, 2017-yil 20-noyabrda davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish hamda mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini olib borishga mas’ul bo‘lgan davlat organi — O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tuzilgan.

Qo‘mitaning asosiy vazifalari sifatida davlat mudofaa buyurtmalarini shakllantirish va bajarishni ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tashkilotlarning mudofaa sanoati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnikalar hamda boshqa mulkni ishlab chiqarish, ta’mirlash, modernizatsiya qilish, xalqaro harbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqa dolzarb vazifalar belgilandi.

O‘tgan ikki yil mobaynida qo‘mita tomonidan mamlakat sanoatining harbiy maqsadda foydalaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirishni ta’minlash va milliy armiyani zamonaviy qurol-yarog‘, jangovar texnika, maxsus vositalar va ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha maqsadli ishlar bajarib kelinmoqda.

Jumladan, dunyoning 20 dan ortiq rivojlangan davlatlari bilan harbiy-texnik hamkorlik o‘rnatildi, olti davlat bilan hukumatlararo komissiya faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 10 dan ortiq davlat bilan harbiy-texnik hamkorlik yo‘nalishida xalqaro bitim va kelishuvlar imzolandi. Tizimli ravishda zamonaviy qurol-aslaha va jangovar texnikalarni xarid qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qurolli Kuchlarning harbiy maqsadda foydalaniladigan mahsulotlarga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida va sifatli qondirish maqsadida 2018—2019-yillarda "KamAZ” avtomobili shassisida yuk va maxsus avtomobil texnikalarini, harbiy maqsadda foydalaniladigan radioaloqa vositalari, nafas olish organlari himoya vositalari, oziq-ovqat payoklari va boshqa turdagi harbiy maqsadda foydalanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha bir qancha tarmoqlararo loyihalar amalga oshirildi.


Mudofaa vazirligi kuch va vositalarini jalb qilgan holda mavjud moddiy va ma’naviy jihatdan eskirgan qurol-aslahalarni modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan "BM-21 Grad” rusumli yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi yangi zamonaviy shassiga o‘rnatildi va bu tizim amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.


"BTR-70” rusumli transporterga yangi zamonaviy dizel dvigateli, uzatish qutisi o‘rnatilib mobil imkoniyatlari oshirildi. Shuningdek, shaxsiy tarkib himoyasini oshirish maqsadida qo‘shimcha zirh va kumulyativ panjara bilan jihozlandi.

"T-64” rusumli tankning kuch bo‘limi to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy, katta quvvatga ega dvigatel va transmissiya agregatlari qo‘yildi, raqamli aloqa vositalari bilan jihozlandi.

"Gaz-66” rusumli avtomobillarga Isuzu dvigatellari va uzatish qutilarini o‘rnatgan holda modernizatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi. Bu, o‘z navbatida, ularning harakatchanlik va mobil imkoniyatlarini oshirdi.

Shuningdek, "KamAZ” avtomobillari shassida barcha sharoit va hududlarda qo‘shinlar boshqaruvini ta’minlay oladigan mobil qo‘mondonlik boshqaruv punkti, shuningdek, zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlangan, har qanday murakkab tibbiy amaliyotlarni amalga oshirishga qodir tibbiyot punkti yaratildi.

Bundan tashqari, "Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi” DK rekonstruksiya qilinib, to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi va texnologik jihatdan qayta jihozlandi. Buning natijasida korxona tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish imkoni yaratildi. Jumladan, "Mi” rusumidagi vertolyotlarning ta’mirlanayotgan jihozlari nomenklaturasi ortdi, "Su-25” rusumli samolyotlarni ta’mirlash o‘zlashtirilmoqda.


"Vostok” DUKda bugungi kunda o‘qotar qurollar uchun o‘q-dorilar ishlab chiqarilmoqda. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2020-yilning birinchi yarmida yangi turdagi patronlar ishlab chiqaruvchi liniyaning ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.

Harbiy kiyim-anjomlarni ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi tuzilib, 2019-yilda dastlabki sex faoliyati yo‘lga qo‘yildi, 2020-yil ikkinchi chorakda korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

2020-yilda O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi tomonidan qo‘mita tasarrufidagi va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan harbiy maqsadda qo‘llanadigan mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini ikki barobarga oshirish rejalashtirilgan.

Belgilangan pirovard natijalarga erishish hamda mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash maqsadida 2020—2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa sanoatini yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy harakatlar rejasi ("Yo‘l xaritasi”) ishlab chiqilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:528 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829