• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 2 » O‘zbekistonda 2019-yilda 48 ming gektar yaroqsiz yer maydonlari muomalaga kiritildi
17:30
O‘zbekistonda 2019-yilda 48 ming gektar yaroqsiz yer maydonlari muomalaga kiritildi

Bosh prokuraturada 1-fevral kuni Yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha respublika komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


"Dursun ilg‘ori” fermer xo‘jaligi yerlari. videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, sug‘oriladigan ekin yerlarining ajratilishi va foydalanilishi ahvoli hamda sohada qonuniylikni ta’minlashga doir masalalar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, so‘nggi uch yilda bu sohani isloh qilishga oid 30 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi.

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun budjetdan ajratilayotgan mablag‘lar hajmi yildan-yilga ortib bormoqda.

Bu maqsad uchun 2017-yilda 463 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich 2018-yilda 559 milliard, 2019-yilda esa 673 milliard so‘mni tashkil etgan.

Ekin maydonlari samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llashga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bu davrda respublika bo‘yicha 170 ming gektardan ortiq maydonda suvni tejovchi texnologiyalar joriy etildi, natijada holati yomonlashgan 303 ming gektar yerning unumdorligi oshirildi.

Kam hosilli paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish, ular o‘rnida yuqori daromadli, eksportbop mahsulotlar yetishtirishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

O‘tgan uch yilda hosildorligi past bo‘lgan 293 ming gektar ana shunday maydonlarning 257 ming gektarida daromadbop turli ekinlar yetishtirildi, 35 ming gektarida intensiv bog‘ va yangi tokzorlar barpo etildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida birgina 2019-yilda 48 ming gektar yaroqsiz yer maydonlari muomalaga kiritildi.

Yig‘ilishda so‘nggi yillarda sug‘oriladigan yer maydonlari Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Namangan, Jizzax, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida kamayganligi, Andijon, Toshkent, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida yer holati yomonlashganligi ta’kidlandi.

Zaxiraga olingan yer maydonlarini ajratishning ochiq va shaffof tizimi hanuzgacha yo‘lga qo‘yilmaganligi, bu esa turli suiiste’molchiliklarga, ekin maydonlarining egasiz qolib, hatto yo‘qotilishiga olib kelayotganligi aniq misollar bilan ko‘rsatildi.

Yangiyo‘l tumanida 2016-yil may oyida zaxiraga olingan 64 ball bonitetli 1,5 gektar unumdor ekin maydoni hech kimga ajratib berilmagan. Oqibatda ushbu maydonni 10 nafar fuqaro egallab, uy - joylar qurib olgan. Ushbu unumdor ekin maydoni qishloq xo‘jaligi yerlari toifasidan asossiz chiqarilib, noqonuniy qurilgan uy-joylarga kadastr hujjatlari tayyorlab berilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov o‘tkazilmoqda.

Suvli bog‘ va daraxtzorlarga talabgorlar yetarli bo‘lsa-da, Andijon, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, Jizzax viloyatlarida bog‘ va daraxtzorlar zaxirada qolayotganligi tanqid ostiga olindi.

Yerlarni egalik qilish, doimiy va vaqtinchalik foydalanish uchun ajratishda hamda ijaraga berishda jiddiy qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi aniq raqam va misollar yordamida ko‘rsatib berildi.

O‘tgan yilda respublika bo‘yicha 83 ta holatda 112 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydoni qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer sifatida ajratib yuborilgan.

Misol uchun, Jarqo‘rg‘on tumanida 1,5 gektar sug‘oriladigan ekin maydoni g‘isht sexi qurish, Toshkent tumanida 20 sotix maydon savdo majmuasi qurish uchun shunday yo‘l bilan qonunga zid ajratib berilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:489 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829