• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 1 » O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab yakka tartibdagi xayriya aksiyalari vaqtincha to‘xtatiladi
19:48
O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab yakka tartibdagi xayriya aksiyalari vaqtincha to‘xtatiladi

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’lum qilinishicha, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari davomida koronavirusning tarqalish xavfi juda yuqori hisoblanadi. Shu sababli komissiya qaroriga muvofiq, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari 2020-yilning 1-aprelidan e’tiboran vaqtincha to‘xtatiladi.

Komissiya qaroriga ko‘ra, xayriya tadbirlari quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:

Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi "O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasi tarkibidagi pavilyonda tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida ham xuddi shunday mexanizm joriy etiladi;

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘limlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi ma’lumotni hududiy tegishliligi bo‘yicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning beg‘araz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali sanitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi ko‘rikdan o‘tkazilib, karantin talablariga qat’iy rioya etilgan holda (maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi.

Shuningdek, aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida bo‘lgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda saxovatpesha insonlar va ko‘ngilli (volontyor)lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi.

Ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi.

Shu bilan birga, pul ko‘rinishidagi mablag‘larni "Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazish tavsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov "Mehr-shafqat va salomatlik” fondiga 20 million dollar ajratdi. Bunga qadar DXX, Bosh prokuratura va MIB, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari koronavirusga qarshi kurash uchun o‘z maoshlarining bir qismini mazkur jamg‘armaga o‘tkazib bergan edi. "Quvasoysement” korxonasi esa jamg‘armaga 100 million so‘m ajratgan.

Shuningdek, komissiyaning mazkur qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda "o‘zini yakkalash” hayot tarzi joriy etildi. Unga ko‘ra, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi. Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:533 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь