• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1766
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 8 » O‘zbekiston valyutalar bozorida noodatiy holat kuzatildi
20:50
O‘zbekiston valyutalar bozorida noodatiy holat kuzatildi

Fevral oyida O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan 514 million AQSh dollari qiymatidagi xorijiy valyuta sotib olingan, bu yanvardagi ko‘rsatkichdan 23 foizga ko‘proq, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, xorijdan o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari (valyutaning mamlakatga kirish asosiy manbalaridan biri) miqdori fevral oyida 385 million AQSh dollariga teng bo‘lgan.

"Aholi tomonidan xorijdan kirib kelgan valyutadan 1,3 baravarga ko‘p valyuta sotilgan”, — deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Ushbu vaziyat anchayin noodatiy, sababi 2019-yil davomida pul o‘tkazmalarining hajmi aholi davlatga sotgan valyuta miqdoridan ko‘p bo‘lgan.

O‘tgan yilning iyul oyida ushbu vaziyat eng yuqori cho‘qqiga chiqqan, o‘tkazmalar 650 million dollardan oshgan, valyutalar xaridi esa 300 million dollarni tashkil qilgan:

Markaziy bank ushbu noodatiy holat sababiga izoh bermagan, ekspertlarning fikricha, vaziyat valyutalarning qonuniy bozor sharoitida sotish va sotib olish yo‘lga qo‘yilganligi bilan bog‘liq, ya’ni odamlar avval qancha sotgan bo‘lsa, hali ham shuncha pullamoqda, biroq endi valyuta sotish "qora bozor”da emas, balki banklar orqali amalga oshirilmoqda.

Yana bir sabab sifatida besh haftadan buyon AQSh dollarining arzonlashib borayotgani bo‘lishi mumkin, valyutaning qadrsizlanishidan cho‘chigan odamlar uni qimmatlik vaqtida sotishga uringan.

Bu Markaziy bank tomonidan ilgari surilgan g‘oya, ya’ni aholining milliy valyutaga ishonchini oshirishga mos keladi, yanvar-fevral oylarida jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi tezkor depozitlari 9,4 foizga o‘sgan, xorijiy valyutadagi holatlar deyarli o‘zgarmagan.

Ushbu o‘zgarishlar mavsumga bog‘liq emasligi aytilmoqda, sababi aholi xarajatlari yil boshida emas, balki so‘ngida keskin ko‘payadi.

Pul o‘tkazmalari hajmining kamaygani — yil boshida kuzatiladigan odatiy holat. Lekin 2019-yil yanvar oyi va 2020-yilning mos davri bilan taqqoslaganda o‘tkazmalar qariyb 100 million dollarga ko‘paygan, fevralga borib esa kamaya boshlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:567 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031