• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2021 » Iyul » 18 » O‘zbekiston va Germaniya afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimi bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal qilishga kelishdi
22:40
O‘zbekiston va Germaniya afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimi bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal qilishga kelishdi

Tashqi ishlar vazirligida 17-iyul kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Matias Lyuttenberg bilan uchrashdi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, ushbu mamlakatda tinchlik jarayoniga o‘zaro yordam berish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar Afg‘onistondagi qurolli mojaroning avj olishidan xavotirlarini bildirdi va dunyo hamjamiyatining Afg‘onistonda tinchlik hamda barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirish yuzasidan gaplashdi.

Muloqot davomida tomonlar Afg‘oniston borasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan, xususan, afg‘on qochqinlarining ehtimoliy oqimi va chegaradagi voqealar bilan bog‘liq muammolarni birgalikda hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuvda Afg‘oniston xalqiga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordamni davom ettirishda, shuningdek, Afg‘onistonda doimiy hamda har tomonlama tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha mintaqadagi mamlakatlarning roli muhimligi ham ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 12-iyul kuni o‘tkazilgan brifingda 23-iyundan boshlab Afg‘onistonning qurollangan shaxslari O‘zbekiston chegarasini bir necha marotaba noqonuniy buzib o‘tmoqchi bo‘lganini, ularning umumiy soni shu kunga qadar 150 kishiga yetgani va barchasi tergov, surishtiruv ishlari olib borilganidan keyin xalqaro qonunchilikka muvofiq o‘z davlatiga qaytarib yuborilganini aytgandi.

"Ya’ni hozirgi kunda O‘zbekiston hududida Afg‘onistonning birorta fuqarosi noqonuniy boshpana topgani yo‘q va chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmaydi. O‘zbekiston kelgusida ham o‘z hududiga noqonuniy o‘tishlarga yo‘l qo‘ymaydi”, — degan edi Asadov.
Категория: Har-Hil | Просмотров:497 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031