• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 2 » O‘zbekiston tarixida ilk marta “hukumat soati” tashkil etildi
13:54
O‘zbekiston tarixida ilk marta “hukumat soati” tashkil etildi

Kecha, 1 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi va "Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq "hukumat soati” o‘tkazildi. Mazkur amaliyot milliy parlament tarixida ilk bor tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvoli yuzasidan olib borgan o‘rganishlari hamda odamlar kelayotgan murojaatlardan kelib chiqib, siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari takliflariga ko‘ra "hukumat soati”ga "Respublika aholisini toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishida hamda ichimlik suvini tejamkorlik bilan ishlatishda olib borilayotgan ishlar”, shuningdek, "Aholini va tibbiyot muassasalarini arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash, ayniqsa, joylarda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish holatlari” to‘g‘risidagi masalalar kiritilgan.
 
Ushbu masalalar yuzasidan deputatlarga axborot va ularning savollariga atroflicha javob berishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari mutasaddi rahbarlari taklif etilgan.
 
Tadbir davomida hukumat vakillari deputatlar tomonidan qo‘yilgan masalalar yuzasidan ma'lumot berib, ularning qo‘shimcha ravishda bergan savollariga batafsil javob  qaytarishdi.
 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 iyulda "Hukumat soati” institutini joriy etish xaqida o‘z tavsiyalarini bergan edi, deydi ekspert Ixtiyor Bekov.
 
– Qonunchilik palatasida  "Hukumat soati”ning o‘tkazilishi Harakatlar strategiyasida belgilangan jamiyatda parlamentning rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaldagi ifodasi hisoblanadi. O‘tkazilgan tadbirning ahamiyatidan kelib chiqib, uning samarali o‘tganini ta'kidlash lozim. Mazkur institut birinchidan hukumatning parlament bilan munosabatlardagi mas'uliyatini oshirsa, ikkinchidan joylarda to‘planib qolgan, aholini o‘ylantirayotgan masalalarni hal etishga xizmat qiladi. 
 
– Ta'kidlash joiz, "Hukumat soati” Harakatlar strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida ham muhim ahamiyatga ega, deydi ekspert Sobirov Shohruhbek.
 
– Ushbu institut nafaqat Oliy Majlisning ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimidagi rolini oshirishga balki, bo‘lib o‘tgan bugungi tadbirdagi kabi saylovchilarni qiynayotgan muammolarni hal etishda muhim omil bo‘ladi.
 
Tadbir so‘ngida Qonunchilik palatasi qo‘mitalariga ushbu sohalardagi amaldagi qonun hujjatlarini va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish tavsiya etildi, shu bilan birga mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini ta'minlashga kelishib olindi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:1075 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь