• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 9 » O‘zbekiston SSV piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atadi
22:08
O‘zbekiston SSV piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atadi

Ijtimoiy tarmoqlarda piyozning shifobaxsh xususiyatlari, jumladan koronavirusni o‘ldirishi ta’riflangan videolavha tarqaldi, deb yozmoqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati.

Unda Zilola ismli fuqaro ikki-uchga bo‘lib qo‘yilgan piyoz bo‘laklarini derazalar oldiga, shkaflar ichiga, umuman odam kiradigan barcha joylarga qo‘yib chiqilsa, u har qanday virusni, jumladan, koronavirus o‘ziga tortib olib, kasallik tarqalishining oldini olishini aytgan. Bu gaplar qanchalik asosli ekanligi yuzasidan "Kun.uz” Sog‘liqni saqlash vazirligining Koronavirusga qarshi kurash shtabi mas’ul xodimi Saidmurod Saidaliyevdan izoh oldi.

"Piyoz organizm uchun foydali mahsulotligi, jumladan, bakteritsid xususiyatga ham ega ekanligi shubhasiz. Chunki uning tarkibida fitonsid moddalar mavjud va ular ko‘plab bakteriyalarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Ammo piyozning viruslarni o‘ziga tortib olishi va o‘ldirishi safsatadan o‘zga narsa emas.

Bo‘laklarga bo‘lib uyga sochib chiqishning koronavirusdan himoyalashi va bu kasallikka davo bo‘lishi ilmiy jihatdan umuman asoslanmagan. Piyoz ham kesib qo‘yilsa, har qanday boshqa sabzavot singari vaqt o‘tib eskiradi, qorayadi yoki boshqa tusga kiradi. Bu aslo viruslarga bog‘liq emas.

Yurtdoshlarimizga internetdagi ‘mutaxassis’lardan emas, bevosita soha vakillaridan maslahat olishni tavsiya qilgan bo‘lardim”, — deb javob bergan Saidmurod Saidaliyev.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda sarimsoq va sirkali suvdan ham koronavirusni davolashda foydalanish mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov sarimsoq na antibakterial , na antivirus preparat ekanligini, suvga sirka aralashtirib ichish esa og‘iz bo‘shlig‘ini battar yallig‘lantirishi va virus kirishi mumkin bo‘lgan joyning paydo bo‘lishiga olib kelishini aytgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:602 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь