• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 7 » O‘zbekiston siyosiy tuzumiga qarshi ayblanganlar ozodlikka chiqarildi
19:41
O‘zbekiston siyosiy tuzumiga qarshi ayblanganlar ozodlikka chiqarildi

Bugun, 7 may kuni O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4 bandi, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi konstitutsion tizimiga qarshi tajovvuzda ayblanib hibsga olingan jurnalist Bobomurod Abdullayev, bloger Hayotxon Nasriddinov, shuningdek, tadbirkorlar Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevga nisbatan sud hukmi o‘qildi.
 
"Qalampir.uz” manbasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudidan xabar berishicha, mazkur siyosiy mahbuslarning barchasi sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.
 
Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi Bobomurod Abdullayev Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4 bandi bilan aybdor, deb topilgan va unga 3 yil axloq tuzatish ishlarida bo‘lish tayinlangan.
 
Shuningdek, Abdullayevning ish haqidan 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolinishi belgilab qo‘yilgan.
 
Abdullayev 221 kun hibsda saqalanganini hisobgan olgan holda, ushbu muddat jazo muddatidan chiqarib tashlandi.
 
Shundan keyin Bobomurod Abdullayevni nazorat qilish uning o‘zi yashab turgan Toshkent shahridagi Yakkasaroy IIBga topshirilgan.
 
Sud ayblanuvchilarni oqlashi barobarida ularni hibsga olgan tergovchilarga nisbatan tegishli tartibda xususiy ajrim ishlari olib borilishini bildirgan.
 
Endilikda tergovchilar nimaga asoslanib ushbu ayblanuvchilarni hibsga olgani va so‘roq qilganini izohlab berishi lozim bo‘ladi.
 
Sudya agar tergovchilar ushbu ish yuzasidan o‘rinli sabablar keltira olmasa, qonunda belgilangan tartibda jazoga tortilishini ma'lum qilgan.
 
Abdullayev o‘zining ozodlikka chiqarilganiga munosabat bildirib quyidagilarni takrorlagan:
 
"Men ozodlikka chiqqanimdan juda xursandman. Hissiyotlarimni so‘z bilan ifodalashim juda qiyin bo‘lmoqda. Sud jarayoni juda ochiq o‘tdi. Buni kutmagan edim. Bu Prezidentimiz boshlagan liberallashtirish siyosatining mevasi deb o‘ylayman. Prezidentimizga rahmat aytaman!”
 
Ma'lumot o‘rnida, Bobomurod Abdullayev o‘tgan yilning sentyabrida hibsga olingan. Uning qo‘lga olinishida "O‘zbekiston xalq harakati” buzg‘unchi guruhining yetakchisi Muhammad Solih tomonidan jurnalist o‘zining hukumatga qarshi maqolalariga "Usmon Haqnazarov” taxallusini qo‘yib yozgani to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi sabab bo‘ldi.
 
O‘tkazilgan dastlabki tergovlar davomida ekspertlar tomonidan jurnalist yozgan maqolalar batafsil tahlil qilindi. Ammo Abdullayev unga ko‘rsatilayotgan maqolalarning barchasini o‘zi yozmaganini ta'kidlagan va o‘ziga tegishlilarini ajratib ko‘rsatgan edi.
 
O‘tgan sud majlislari davomida jurnalist 2003-2004 va 2011-2017 yillarda "Usmon Haqnazarov” taxallusi bilan rasmiy hukumatga qarshi maqolalar yozganini tan oldi.
 
Shu bilan birga unga nisbatan hibsda ekanida, tegovlar davomida turli jismoniy qiynoqlar bo‘lganini aytgan edi. Sud berilgan ko‘rsatmalarning ayrimlari bosim ostida olingan, deb topdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1112 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь