• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » Mart » 11 » O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada rekord natija bilan g‘olib bo‘ldi
23:43
O‘zbekiston razvedkachilari Pokistonda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada rekord natija bilan g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Pokistonda 1-martidan boshlangan V Xalqaro "Jamoa ruhi” musobaqasida ishtirok etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati "Daryo”ga ma’lum qildi.



Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Ma’lum qilinishicha, musobaqa Pokiston Qurolli Kuchlariga qarashli 22-armiya korpusi Terrorizmga qarshi kurashish milliy o‘quv markazi (Pabbi shahri) bazasida o‘tkazilgan. Unda 9 ta davlatdan — Marokash, Iordaniya, Keniya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Shri-Lanka, Nepal, O‘zbekiston, shuningdek Pokistondan 8 ta razvedka guruhi, jami 16 ta razvedka jamoalari o‘zaro bellashgan.

Musobaqa jarayonini Tojikiston, Qozog‘iston, Bahrayn va Xitoy davlatlarining Qurolli Kuchlar vakillari kuzatib borgan.

Musobaqa shartlariga ko‘ra, jamoalar 80 kilometrgacha bo‘lgan marshrutning 6 ta nazorat nuqtasida azimut bo‘yicha harakatlanib, nazorat nuqtalarida taktik-maxsus, otish, tibbiy, aloqa, muhandislik tayyorgarligi, ommaviy qirg‘in qurollardan himoya va harbiy topografiyadan turli maxsus mashqlarni, shuningdek, kutilmagan testlarni yechish mashqini bajargan.

"O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi qur’aga binoan birinchi nazorat nuqtasidan 10-bo‘lib harakatlanishni boshlagan bo‘lsa-da, ushbu musobaqaning uchinchi nazorat nuqtasida qolgan jamoalardan 6 soat oldin yetib borgan va eng yuqori (2 850) ballni qo‘lga kiritdi”, — deyiladi xabarda.

Musobaqa yakunida, Pokiston quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general-mayor Adnan O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining jismoniy va professional tayyorgarligini alohida ta’kidlab, "Men O‘zbekiston jamoasi kuchli ekanligini bilardim va 1-o‘rinni egallashiga shubham yo‘q edi”, deya jamoa guruhining harakatlari turli ekstremal sharoitlardagi nostandart qaror qabul qilish kabi harakatlarini yuqori baholagan

Musobaqa yakuni bo‘yicha:

1-o‘rin – O‘zbekiston jamoasi (2 850 ball);
2-o‘rin – Marokash jamoasi (1 860 ball);
3-o‘rin – Shri-Lanka (2 010 ball) va Saudiya Arabistoni (1 900 ball).

Xalqaro musobaqaning yopilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda g‘olib jamoa va sovrindorlar, shu jumladan, O‘zbekiston jamoasi oltin medal bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yili O‘zbekiston razvedkachilari "Kembriya patruli” musobaqasida 2-o‘rinni, 2018- va 2019-yillarda birinchi o‘rinlarni, 2021-yilda esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:433 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031