• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 1 » O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natdi
22:56
O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natdi

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan qo‘shni Qirg‘izistonga koronavirusni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, "O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga insonparvarlik yordami” shiori ostida tashkil etilgan insonparvarlik yordami O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Andijon viloyati hokimligi, "O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ, "O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tasarrufidagi "Qo‘rg‘ontepa don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati hamda mamlakatdagi farmatsevtika korxonalari hamkorligida amalga oshirildi.

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi temiryo‘l stansiyasidan ming tonna un, turli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda foydalaniladigan bir martalik himoya kombinzoni, respirator, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi, pirometr hamda test-sistemalar ortilgan poyezd qo‘shni respublikaga jo‘natildi.

Insonparvarlik yordami ortilgan maxsus eshelon Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yo‘l oldi.

Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat rahbarlari telefon orqali koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyatni muhokama qilgan edi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha ishlarning samarali tashkil etilmagani sababli 1-aprel kuni Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri va bosh vazir o‘rinbosari o‘z lavozimlaridan ozod etildi.

Dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash boshlanganidan buyon O‘zbekiston Xitoyga va Eronga gumanitar yordam jo‘natdi. O‘z navbatida, O‘zbekiston mazkur pandemiyaga qarshi kurashish uchun Xitoy, BAA va AQShdan yordam oldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:521 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь