• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 21 » O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi
14:58
O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi

Kecha, 20 iyun kuni, O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi. Mustaqillik deklaratsiyasi O‘zbekiston Oliy 
Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda e’lon qilingan edi.

Oradan bir yil o‘tib, 1991 yilning 31 avgust kuni Mustaqillik deklaratsiyasi asosida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonun ham qabul qilingan. 

O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi II cyessiyasida qabul qilingan edi. Bugun mazkur tarixiy hujjat qabul qilinganiga 30 yil to‘ldi.

O‘zbekiston o‘sha kezlar SSSR tarkibida bo‘lib, ushbu hujjatning qabul qilinishida barcha javobgarlikni O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi, O‘zbekiston SSR Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov respublika rahbari sifatida to‘liq o‘z zimmasiga olgan. 
O‘sha kezlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi bo‘yicha ittifoqdosh respublikalar orasida so‘nggi o‘rinlardan birini egallagan, amalda sotsialistik lager uchun xomashyo manbasiga aylanib qolgan edi.

Respublikaning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga doir masalalar Markazning ruxsati bilan hal etilar edi.
Mustaqillik deklaratsiyasida O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga ichki va tashqi siyosatga tegishli barcha masalalar, shuningdek, ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan munosabatlarni belgilash hamda amalga oshirish alohida qayd etildi. Davlat hokimiyati respublika hududiga kiradigan barcha tarkibiy qismlar ustidan amalga oshirilishi kafolatlandi.

O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi huquqiy demokratik davlat barpo etish borasida qat’iy qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Endilikda Moskva tomonidan qabul qilingan barcha qarorlar respublika hududida qonuniy kuchga kirmog‘i uchun O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim edi. 

Shu bilan birga, "davlat suvereniteti”, "davlat chegarasi” kabi atamalar joriy etilib, ularning daxlsizligi e’lon qilindi.

Bu hali to‘liq davlat mustaqilligini anglatmas edi, ammo O‘zbekiston yillar mobaynida yig‘ilgan iqtisodiy-siyosiy muammolarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analari, e’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari, umuminsoniy qadriyatlar hamda demokratik tamoyillar asosida nisbatan mustaqil holda hal etishga kirishmog‘i mumkin edi.

Mustaqillik deklaratsiyasi asosida "O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi kabi fundamental ahamiyatga ega huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 

O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasining matni quyidagicha edi: 

O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti: o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi, har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda, O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qiladi.

O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi Respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.

O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas.

O‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.

SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanganidan keyingina O‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.

O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.

O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini(gerb, bayroq, madhiya) o‘zi ta’sis etadi.
Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta’min etadi. O‘zbekiston SSR uning 
Asosiy Qonuni va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog‘iston MSSR manfaatlarini himoya qiladi.

O‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O‘zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.

O‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huqukdariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:530 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь