• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 22 » O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarni kasbga va oliy ta’limga tayyorlovchi yangi fan yo‘nalishlari joriy etiladi
17:36
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarni kasbga va oliy ta’limga tayyorlovchi yangi fan yo‘nalishlari joriy etiladi

O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2020/2021-o‘quv yilida ham variativ o‘quv rejalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish ishlari davom ettiriladi, shuningdek, tanlov yo‘nalishlari soni ko‘paytiriladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, 2019/2020-o‘quv yilining uchinchi choragidan tajriba-sinov tariqasida 10−11-sinflar uchun joriy etilgan ixtiyoriy fanlarni tanlash tizimi kelasi o‘quv yilida ham davom etadi.

Vazirlikning qayd etishicha, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad maktab o‘quvchilarning o‘zi qiziqqan fanlarni chuqur o‘rganishiga sharoit yaratish, maktab bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtiga kirish imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash va yuqori sinflarda o‘quv jarayonini kasblarga yo‘naltirilgan holda tashkil etishdan iboratdir.

Ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7, 8 va 9-sinflarida ham tanlov sinfini tashkil etish imkoniyati yaratilmoqda.

Shuningdek, tanlov sinflari yo‘nalishi 5 tadan 12 taga oshirilishi ham asosiy o‘zgarishlardan biri hisoblanadi. Bunda 2020/2021-o‘quv yilida quyidagi yo‘nalishlar tanlovi yaratilmoqda:

birinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — xorijiy til va filologiya yo‘nalishi;

ikkinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — moliya-iqtisod yo‘nalishi;

uchinchi yo‘nalish: 7—8—9—10—11-sinflar uchun — veb-frilanser (internet tarmog‘i orqali mehnat daromadi olish) yo‘nalishi;

to‘rtinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — texnologiya yo‘nalishi;

beshinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — tabiiy fanlar yo‘nalishi;

oltinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — ijtimoiy-gumanitar yo‘nalish;

yettinchi yo‘nalish: 10 —11-sinf uchun — boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi;

sakkizinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — kimyo texnologiya yo‘nalishi;

to‘qqizinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — geografiya va geologiya yo‘nalishi;

o‘ninchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — maktabgacha ta’lim va psixologiya yo‘nalishi;

o‘n birinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — tarix va arxeologiya yo‘nalishi;

o‘n ikkinchi yo‘nalish: 10—11-sinf uchun — turizm yo‘nalishi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, 10—11-sinflarning tanlov sinfida variativ o‘quv rejani tajriba-sinovdan o‘tkazishda 9 ta majburiy fan o‘qitiladi: ona tili va adabiyot, o‘zbek tili/rus tili, chet tili, tarix, tarbiya, matematika, informatika, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

Tanlov fani bo‘yicha qo‘shimcha ajratilgan soatlarda quyidagilar amalga oshiriladi:

o‘quvchilarga fanlarni chuqur o‘rgatish va tegishli mavzularga doir qo‘shimcha ma’lumotlar berish;

o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va mavzularni to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;

"Khan Academy O‘zbek — Onlayn ta‘lim platformasi” ta’lim resurslaridan foydalanish;

qo‘shimcha adabiyotlardan misol va masalalar, testlar (DTM saytidagi namunaviy testlar) yechish;

oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini jalb qilish;

o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalarining kirish imtihonlariga tayyorlash.

Ta’kidlanishicha, variativ o‘quv rejalarining joriy qilinishi ixtiyoriy bo‘lib, maktabda tanlov sinfini tashkil etishda yuqori malakali, tajribali o‘qituvchilarning mavjudligi inobatga olinadi.

Xalq ta’limi vazirining variativ o‘quv tizimiga tegishli buyrug‘iga asosan 2020/2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejada belgilangan umumiy haftalik dars soatlari hajmi saqlanib qolinadi. Shu bilan birga, Respublika ta’lim markazi 1-avgustiga qadar variativ o‘quv rejalar bo‘yicha namunaviy taqvim-mavzu rejalarni ishlab chiqarishi buyruqda ko‘zda tutilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:494 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь