• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Yanvar » 21 » O‘zbekiston dunyodagi eng katta qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
21:48
O‘zbekiston dunyodagi eng katta qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

Joriy yilning 20-yanvarida Berlinda Green week - 2023 doirasida ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari stendi namoyish etildi.

Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Jem O‘zdemir, Yevropa Ittifoqining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voytsexovskiy, Berlin meri Fransiska Giffay va boshqalar ko‘rgazma bo‘ylab sayyohatni aynan O‘zbekiston stendidan boshladi. Ularni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi  delegatsiya kutib oldi.

O‘zbekiston tomon "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” stendi bo‘ylab ekskursiya davomida oziq-ovqat mahsulotlari hamda  mamlakatning qishloq xo‘jaligida mavjud ishlab chiqarish yo‘nalishlari  bilan tanishtirdi. Mehmonlar O‘zbekiston stendini katta qiziqish bilan kuzatar ekanlar, kelgusida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Mehmonlar O‘zbekistonning sarhil va quritilgan mevalaridan hamda milliy taomlaridan tatib ko‘rib, yuqori baho berdi. 240 kvadrat metr maydonga ega O‘zbekiston stendida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 60 dan ortiq tadbirkorning milliy mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Jumladan: 227 turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari – sarhil va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, qayta ishlangan sut va go‘sht mahsulotlari, yog‘ va yog‘ mahsulotlari, salqin ichimliklar, qandolat mahsulotlari, un va un mahsulotlari, margarin mahsulotlari va boshqalar mazkur stendlarda namoyish etilmoqda.

"O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” stendi hududiga tashrif buyurgan barcha mehmonlarni O‘zbekistondan kelgan  oshpazlar  tayyorlagan milliy taomlar: palov, somsa, patir non va boshqa taomlar bilan siylandi va stend  jonli tarzda milliy musiqa sadolari ostida namoyish etildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Niderlandiya, Kanada, Gruziya, Polsha, Mo‘g‘uliston, Latviya va Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi vazirlari bilan qizg‘in uchrashuvlar o‘tkazdi. Shuningdek, Jahon banki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan yuqori darajada uchrashuvlar o‘tkazildi.

Dastur rejasiga ko‘ra ishtirokchi davlat delegatsiyalari vazirlari bilan ham uchrashuv va muloqotlar amalga oshirish belgilangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, chorvachilik, vinochilik, g‘alla va yem-xashak ekinlarini yetishtirish va boshqa sohalarda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Gollandiya, Polsha, Latviya va Kanada tadbirkorlarining O‘zbekistonga biznes missiyalarini tashkil etish rejalashtirilgan. O‘zbekiston sharoitida ekinlarning yangi turlarini yetishtirish bo‘yicha ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida olimlarning malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Barcha hamkorlar oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Polsha Bosh vaziri o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi va qishloq taraqqiyoti vaziri Xenrik Kovalchik bilan tadbirkorlar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, urug‘chilik, issiqxonalar, raqamlashtirish sohalarida tajriba almashishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ko‘rgazmaning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha Germaniya do‘konlariga sublimatsiya usulida quritilgan va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish, Germaniyaning  "Girlos injiniring”  kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda muzlatgichli omborxona qurish, kooperativ asosida meva va sabzavotlarni qayta ishlash Buxers kompaniyalari bilan hamkorlikda eksport shartnomalari imzolandi.

Mazkur ko‘rgazmaning ahamiyatli tomoni shundaki, bu yerda mamlkatimiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, hamkor va sheriklarni topish va amaliy natijalarga erishish uchun istiqbolli imkoniyatdir. Shu bilan birga bu kabi tadbirlar ayni mamlakat eksport salohiyatida ham muhim o‘rin tutadi. Zero qishloq xo‘jaligini yashil texnologiya asosida tashkil etish va mahsulot hosildorligini oshirish ham mamlkatimiz uchun dolzarb hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:198 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031