• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 7 » O‘zbekiston BAA bilan neft-gaz, turizm sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:09
O‘zbekiston BAA bilan neft-gaz, turizm sohasida loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekiston BAA bilan neft-gaz, turizm sohasida loyihalarni amalga oshiradiaO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
 
Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi turli darajadagi aloqalar faollashgani, barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
 
Suhbat davomida ikki tomonlama amaliy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekistonga Amirliklar investorlarini istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish, ularning faoliyatini tizimli ravishda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
 
Bu borada neft-gaz, kimyo, qurilish, qishloq xo‘jaligi, logistika, turizm, shaharsozlik va ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.
 
Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon o‘z navbatida Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.
 
Uchrashuv chog‘ida mehmon joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda Islom hamkorlik tashkiloti doirasida bildirilgan takliflarni Amirliklar hukumati to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
 
Shuningdek, Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, jumladan, aniq istiqbolli investitsion loyihalarni hayotga to‘la tatbiq etishga Birlashgan Arab Amirliklari tayyor ekanini ma'lum qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1192 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь