• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 706
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 168
Гостей: 168
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » Iyul » 25 » O‘zbek kinosi katta zarar bilan ishlayotgani qayd etildi
08:46
O‘zbek kinosi katta zarar bilan ishlayotgani qayd etildi

O‘zbekiston Prezidenti "Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.
Qarorda milliy kino sanoatining jadal rivojlanishi, jahon kino bozorida raqobatbardoshligini oshirish, chet elda targ‘ib qilishga to‘sqinlik qiladigan bir qator muammolar sanab o‘tilgan.

Xususan:

Ishlab chiqilayotgan kino mahsulotlarining mafkuraviy-badiiy darajasining pastligi, ssenariynavislik, rejissyorlik va aktyorlik mahoratlarining yetarli darajada sifatli emasligi, yoshlar uchun ma’naviy namuna bo‘lib xizmat qiladigan badiiy obrazlarning ko‘pincha mavjud emasligi milliy kinematografiyaning asosiy maqsadlarini amalga oshirishga imkon bermaydi;

Kino mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmasini berish yuzasidan shakllangan amaliyot tatbiq qilinadigan tartiblarning ochiqligi va shaffofligini, byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishni, shuningdek, kinematografiya sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi;

Kino sanoati sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish strategiyasi, ishlab chiqilayotgan kino mahsulotlarining o‘zini oqlashi va daromad keltirishiga qaratilgan zamonaviy marketing tadqiqotlari va aniq maqsadli kino ishlab chiqarish dasturlarining mavjud emasligi milliy kinematografiyaning yuqori zarar bilan ishlashiga olib kelmoqda;

Kinoprokat va respublika bo‘ylab kino mahsulotlarini yetkazib berish samarasiz tizimlarining mavjudligi, ishlab chiqarilgan kino mahsulotlarining yetarli darajada targ‘ib qilinmasligi oqibatida aholining sust xabardorligi kinoprokatchilar daromadlariga, kinokompaniyalarning ijodiy va ishlab chiqarish xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, shuningdek, kinoteatrlar tarmog‘i faoliyatining tugatilishiga olib keldi;

Davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqariladigan kino mahsulotlariga ajratiladigan mablag‘larning yetarli emasligi, kino ishlab chiqaruvchilarni soliqqa tortish tizimining samarasizligi va yuqori soliq yuki kino sanoati sohasining rentabelligini cheklaydi, kinematografiyaning umumjahon rivojlanish tendensiyalariga muvofiq ilg‘or innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirmaydi;

Kino sohasidagi kadrlar tayyorlash tizimi zamonaviy talablarga javob bermaydi, ixtisoslashtirilgan, shu jumladan, chet davlatlarning oliy o‘quv yurtlarida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, kino san’ati vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlari tashkil etilmagan;

Mualliflik huquqi obyektlarini, shu jumladan, kino mahsulotlarining noqonuniy tarqatilishini aniqlash va bartaraf etish, ular bilan ruxsatsiz foydalanishdan ishonchli himoya qilish, qaroqchilikka qarshi kurashishning aniq mexanizmlari mavjud emasligi kino mahsulotlarining asl nusxalarini yuqori darajada noqonuniy aylanmasiga va mamlakatdagi kinokompaniyalar va kinoteatrlarga sezilarli zarar yetkazilishiga olib keladi;

Mahalliy kinolentalarni jahonga mashhur xalqaro kinofestivallarga taqdim etish, shu jumladan, ularda ishtirok etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmayapti, madaniy o‘zaro almashinuv darajasining pastligi esa milliy kinematografiyani chet elda faol targ‘ib qilinishiga va uning jahon kino maydoniga qo‘shilishiga imkon bermayapti.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1184 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031