• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2018 » May » 5 » O‘sha gap: yo‘lkiradagi 100 so‘m qaytim muammosi
14:55
O‘sha gap: yo‘lkiradagi 100 so‘m qaytim muammosi

Har kimga ham beli og‘rib topgan puli aziz bo‘lganidek o‘sha pulning bir so‘mi ham pul ekanligi bugungi kapital munosabatlar rivojlanayotgan davrda juda qadrlanmoqda.

Shu bois ham har kuni jamoat transportidan foydalanuvchilarning aksariyati konduktor bilan 100 so‘m ustida yo tortishgisi kelmay tushib ketadi yoki oxirigacha tortishib, barcha jazm qilolmayotgan haqiqatni talab qiladi.

Avvalroq, "100 so‘mning qadri: yo‘lkirani to‘g‘ri berishimiz kerakmi yoxud chiptachining qaytimi” saravhasi bilan maqola e'lon qilgan edik.

Unda asosiy masala poytaxt Toshkent va Samarqand shahridagi qo‘lkira va uning qaytimi borasidagi mulohazarimiz bayon qilingan edi.

Jumladan, Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanish 1200, Samarqandda 900 bo‘lsa-da, ko‘p hollarda avtobus konduktorlari 100 so‘m qaytim bermaslikka odatlanganini yozgan edik. Bunda, albatta, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va ushbu jarayonda real ishtirok etgan shaxslar fikrlariga tayanganimiz bor gap.

Shundan keyin, Samarqand shahrida viloyat hokimi buyrug‘i bilan yo‘lkira haqi 1200 qilib belgilab qo‘yildi. Bu bilan 1000 so‘mga 100 so‘m qaytim berish muammosi hal bo‘lishi mumkinday tuyulsa-da, Toshkentdagi kabi 1500 so‘m uzatganlarga 200 qaytim berilyotgan hollar kuzatilmoqda. Bu esa yana o‘sha 100 so‘mga qaytishni bildirmaydimi?

Ayni shu muammo sabab bugun, 5 may kuni 7 ta tijorat banki tomonidan Samarqand shahridagi 19 ta jamoat transporti korxonalarga bank xizmatlari ko‘rsatishi belgilab qo‘yildi. Bu haqda "Zarafshon” nashri ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, mazkur banklar tomonidan yo‘lovchilarga qaytim mablag‘larini to‘liq berilishida muammolar bo‘lmasligi uchun transport korxonalari kunlik ravishda kichik (100 va 200 so‘mlik) kupyuradagi mablag‘lar bilan ta'minlab kelinmoqda. 

Jumladan, ushbu korxonalarga joriy yilning 24, 25, 26 aprel kunlari 5 700 000 so‘m (57 mingta) "100” so‘mlik, 22 600 000 so‘m (113 mingta) "200” so‘mlik kupyuradagi mablag‘lar berilgan.

Demak, aholining asablarini sinamasdan masalaga yechim topsa bo‘ladi. Buni Samarqanddagi mazkur tadbir orqali ham tushunish mumkin.

Biroq Toshkent shahridagi jamoat transportlarida vaziyat axloqan o‘zgargan. Ya'ni avvallari 1500 so‘m uzatilganda avtobus konduktorlari xuddi 100 so‘m qaytarish majburiyati yo‘qdek o‘tib ketardi. Endi bo‘lsa, hozir 100 so‘m olib kelaman deb, qayoqqadir yo‘qolib qoladigan bo‘lgan.

Ushbu muammoning mutasaddilar tomonidan qanchalik e'tiborga olinishi va tegishli yechim topishini, vaqt ko‘rsatadi. Va biz, albatta, bu mavzuga qaytamiz!
Категория: Har-Hil | Просмотров:1062 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь