• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 5 » O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqariladi
14:10
O‘rta Osiyoda birinchi marta O‘zbekistonda sun’iy nafas oldirish apparatlari ishlab chiqariladi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Slovakiyaning Chirana kompaniyasi va rossiyalik hamkorlar bilan birgalikda sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha texnologiyalar transferi amalga oshirilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish hamda transfer qilish boshqarmasi boshlig‘i Jamoliddin Boboxonovning aytishicha, sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarish joriy yilning may oyida boshlanadi. Toshkentning Bektemir tumanida ishlab chiqarish uchastkasi qurilishini yakunlash esa joriy yilning sentabr oyiga qadar rejalashtirilmoqda va zavod ishga tushiriladi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning birinchi bosqichida 3 million dollar miqdorida investitsiya kiritish va 30 ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Ikkinchi bosqichida esa 6 million dollargacha investitsiyalar va 100 tagacha ish o‘rinlari ochilishi kutilmoqda.

"Sun’iy nafas oldirish apparatlari hozirda jahonning 12 mamlakatida ishlab chiqariladi. Chirana brendi dunyoda eng mashhur oltita brenddan biri sanaladi. Apparatlarimiz boshqa kompaniya modellaridan farqli ravishda bir bosqichli emas, uch bosqichli ventilyatsiyani amalga oshiradi. Bunday apparatlar ishlab chiqaruvchi zavodning O‘zbekistonda barpo etilishi davlatning tibbiy xavfsizligini ta’minlaydi”, – deydi Chirana+ kompaniyasining bosh direktori Vasiliy Shimko.

Qayd etilishicha, koronavirus tufayli mamlakatdagi mavjud vaziyat va bemorlar uchun Isun’iy nafas oldirish apparatlari va shaxsiy himoya vositalari uchun sarflanadigan ehtiyojni hisobga olgan holda mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonga 1 000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektor bilan nafas olish konturlari va 1 000 dona bir martali bakterial-virusli filtrlarni beg‘araz foydalanish uchun topshiriladi.

Hozirda shu ishlarni amalga oshirish maqsadida Chirana Asia Slovakiya—Rossiya—O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, kompaniya "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” (Made in Uzbekistan) yorlig‘i ostida mamlakatda yagona yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradi. Bunday ishlab chiqarish O‘rta Osiyoda birinchi marta amalga oshiriladi, bu esa tibbiyot sanoatida import o‘rnini bosish jarayonini jadallashtiradi.

Bundan tashqari, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar va xizmat ko‘rsatish markazi yaratilib, sun’iy nafas oldirish apparatlari va NDA (narkoz-nafas olish apparati) qurilmalari uchun noyob, mobil va zamonaviy servis xizmati tashkil etiladi. Anesteziologiya sohasida yuqori malakali xorijiy mutaxassislar taklif qilingan holda sun’iy nafas oldirish apparatlari va NDA qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, shuningdek, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonda sotish rejalashtirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli hozirda butun dunyoda sun’iy nafas oldirish apparatlarining taqchilligi kuzatilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarga yetdi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:565 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь