• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 25 » O‘rinsiz va asossiz xavotirlar – BP advokatning prokuror sanksiyasi bilan “tinglanishi”ga munosabat bildirdi
19:27
O‘rinsiz va asossiz xavotirlar – BP advokatning prokuror sanksiyasi bilan “tinglanishi”ga munosabat bildirdi

Kecha, 24 mart kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonun bilan bir necha qonun xujjatlariga, xususan "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi, "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlarga va Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish nazarda tutildi. 

Mazkur o‘zgarish yuzasidan Adliya vazirligi ham o‘z tushuntirishini berib o‘tdi. 

Qonun loyihasida prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan so‘
zlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma’lumotlarini nazorat qilinishi belgilangan va bu jamoatchilik tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. 

Shuningdek, yuqoridagi qonun loyihasiga Advokatlar palatasi Raisi o‘z e’tirozini bildirgani va ma’qullash uchun imzo chekmaganini aytib o‘tdi. 

Shundan so‘ng, masala yuzasidan bevosita vakolatli tashkilot Bosh prokuratura ham munosabatini bildirib, xavotirga o‘rin yo‘q ekanini aytmoqda. Bayonotda shunday deyiladi:

"Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 24 martida ma’qullangan Qonunga asosan "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga  kiritilgan o‘zgartirish munosabati bilan bildirilayotgan xavotirlar, talqinlar o‘rinsiz va asossizdir.

Xususan, shu paytga qadar ham 1998 yilda qabul qilingan "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq advokatning telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish, uning pochta-telegraf jo‘natmalarini ko‘zdan kechirish kabi tezkor-qidiruv tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston 

Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning sanksiyasi bilan amalga oshirilib 
kelinmoqda.

Senat ma’qullagan Qonunga asosan kiritilgan o‘zgartirishlar esa, "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasini "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirmoqda, xolos.
Ya’ni, "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlarining turlariga telefonlar va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitishdan tashqari, pochta, kurerlik jo‘natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish ham kiradi.

O‘z navbatida, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish uchun asoslar qonunda belgilangan. Jinoyatlarni tayyorlash, sodir etish alomatlari to‘g‘risida, shuningdek jinoyatlarni tayyorlashga yoki sodir etishga daxldor shaxslar haqida ayon bo‘lib qolgan ma’lumotlar shular jumlasidandir.

Mazkur ma’lumotlardan birining aniqlangani esa, shaxsning huquqiy maqomidan qat’iy nazar, unga nisbatan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish 
uchun asos bo‘ladi. 

Shuni alohida qayd etish o‘rinliki, "Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilayotgan o
‘zgartishlar advokatlarning daxlsizligiga biron-bir jihatdan tahdid qilmaydi, ularning qonuniy faoliyatiga hech qanday  to‘sqinlikni vujudga keltirmaydi”.

Ayni paytda, Bosh prokuratura manfaatdor idora sifatida advokatlarning maqomini kuchaytirish, ularning jamiyatdagi nufuzini oshirish, sud protsesslarida advokat va prokuror tengligini amalda ta’minlash bo‘yicha so‘nggi yillarda olib borilayotgan islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga o‘z hissasini qo‘shib boraveradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:520 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031