• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 6 » O‘latdan koronavirusgacha. Karantinlar qachon paydo bo‘lgan?
19:02
O‘latdan koronavirusgacha. Karantinlar qachon paydo bo‘lgan?

Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus sababli ushbu mamlakatning 11 ta shahrida karantin joriy qilindi. Karantin – yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning qadimiy usuli bo‘lib, ko‘rib turibmizki, aksar kasalliklarning davosi topilgani va tibbiyot rivojlanganiga qaramay, zamonaviy dunyoda u hamon o‘z kuchiga ega

Kasallik tarqalgan joyni va kasal bemorlarni karantin orqali izolyatsiyalash amaliyoti qadimgi yunonlarda ham bo‘lgan. Vabo tarqalgan joydan chiqmaslik va u yerga bormaslik haqida Payg‘ambarimizning hadislari ham mavjud: Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) "Agar bir joyda vabo tarqalganini eshitsangiz, u yerga bormanglar. Agar o‘zingiz turgan joyga vabo kelsa, u yerdan qochib chiqib ketmanglar!” deganlar. Demak, karantin amaliyoti islom endi tarqalgan zamonda (VI–VII asrlar) Arabiston hududlarida ham bo‘lgan.

Karantin haqida, shuningdek, Injilda (Eski ahd qismida) ham alohida so‘z yuritilgan. Unda moxov kasaliga yo‘liqqan bemorlarni alohida saqlash haqida gap boradi. Bu degani milodning eng boshida ham odamlar karantinni yaxshi bilganiga dalolatdir.

Odamlar u zamonlarda hali mikrob, bakteriya va virus haqida hech narsa bilmagan. Lekin bemorlarni alohida saqlash va yuqumli kasallik yoyilib ketmasligi uchun muayyan shahar va qishloqlarga kirish va chiqishni taqiqlash amaliyotini ko‘pchilik tamaddunlarda qo‘llab kelingan.

Ko‘rib turibmizki, 2020-yilga kelib ham karantin amaliyoti katta ko‘lamda qo‘llanmoqda. Buning sababi oddiy: karantin doim yaxshi samara bergan va o‘zini oqlab kelgan.

Koronavirus epidemiyasi boshlangach, avvaliga Xitoy epidemiya o‘chog‘i bo‘lmish Uxan shahrini yopdi. Ketma-ket, unga yondosh boshqa shaharlar ham karantinga olindi. Keyin esa Xitoyga chegaradosh boshqa mamlakatlar chegaralarni qisman yoki butunlay yopdi. Ko‘plab mamlakatlar Xitoyga aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Xitoydan yetib kelgan yoki evakuatsiya qilinganlar esa ikki haftalik majburiy karantinga olinmoqda. Bu, albatta, karantinning zamonaviy usulidir.

Avvaliga karantin shunchaki "kasallik yuqtirishda va tarqatishda gumonlangan odamlarni tutish va saqlash” ma’nosini bildirgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan bu tushuncha tom ma’noda boshqa mohiyat kasb etdi. Hozirda karantin deganda kasallik yuqtirgan yoki yuqtirgan deb gumon qilinayotgan shaxs, jonivor, yuk, tovar, transport vositasi, aholi punkti, hudud va boshqalarni alohidalashga (izolyatsiyalashga) qaratilgan, epidemiyaga qarshi cheklovchi va rejim qoidalarini belgilovchi chora-tadbirlar kompleksi tushuniladi.

Avvallari biror shaxs yoki joy karantinga olinishi odatda jamiyat tomonidan yakkalab qo‘yilishi, hududga kirish va chiqishni hamma o‘zi uchun mustaqil hal qilishi orqali tashkillangan bo‘lsa, hozirda karantin sog‘liqni saqlash organlari va hatto hukumat darajasidagi tadbirlar orqali tashkillanadi va nazorat qilinadi.

O‘sha Injilda qayd etilgan va moxov kasaliga qarshi e’lon qilingan karantin tarixan fakt asosida qayd qilingan birinchi karantin deyish mumkin. O‘rta asrlarda moxov kasaliga yo‘liqqan odamlarni jo‘natiladigan maxsus hududlar (koloniyalar) keng tarqalgan edi. Moxovga chalingan odam o‘sha koloniyaga majburan jo‘natilgan va u yerda qat’iy rejim ostida ushlab turilgan. Odatda bunday koloniyalar cherkovlar tarkibida bo‘lgan va kasallar cherkov xodimlari nazoratida saqlangan va davolangan. Moxovlar karantin ostida saqlangan bunday joylarni leprozoriy deb nomlangan. XIII asrda butun Yevropa bo‘ylab 19 mingta leprozoriy mavjud bo‘lgan.

Bu kasallik sababini olimlar faqatgina 1873-yilda aniqladi; uning qo‘zg‘atuvchisi Mycobacterium leprae (Xansen tayoqchasi) bakteriyasi bo‘lib chiqdi. Hozirda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti moxov kasalini "unutilgan” kasalliklar ro‘yxatiga kiritgan. Ya’ni hozirda jahon bo‘ylab moxovga chalinganlar soni 800 ming kishidan ham kam va ular asosan sanitar-epidemiologik vaziyat nochor bo‘lgan mamlakatlar – Hindiston, Nepal, Butan, Mozambik, Madagaskar va Tanzaniyada uchraydi.

Zamonaviy ko‘rinishdagi karantin ilk bor XIV asrdagi o‘lat epidemiyasi paytida paydo bo‘lgan. O‘shanda, 1347-yilda tarqalgan qora o‘lat tufayli to‘rt yil ichida jahon bo‘yicha 200 millionga yaqin odam vafot etgan deb baholanadi.

1377-yilda Venetsiya qirolligi tasarrufidagi Raguza porti (hozirda Xorvatiyadagi Dubrovnik porti) ma’muriyati o‘lat tarqalgan mamlakatlardan qaytgan kemalarni 30 kun mobaynida qirg‘oqqa tushmasdan, sohildan nariroqda turib turishi kerakligi haqidagi qoidani kiritgan. 30 kun ichida kemadagilardan hech biri kasallanmasa, u yerda hamma sog‘lom deb qabul qilingan va qirg‘oqqa tushishga ruxsat berilgan. Keyinchalik ushbu 30 kunlik rejim 40 kungacha o‘zgartirilgan. Avvalgi 30 kunlik rejim trenta (o‘ttiz) deyilgan bo‘lsa, yangi joriy qilingan qirq kunlik rejim quaranta (qirq) deb nomlangan. Bu bizdagi chilla saqlashga, ya’ni 40 kunlik tiyilish rejimiga juda o‘xshash bo‘lgan. Quaranta so‘zidan hozirgi biz bilgan "karantin” so‘zi kelib chiqqan.

Karantin e’lon qilishning asoslari va bunda amal qilinadigan me’yorlar borasidagi dastlabki xalqaro huquq normalari XIX asrda paydo bo‘lgan. XIX asrda kuzatilgan vabo epidemiyasi esa shunchaki joyni izolyatsiyalashning o‘zi yetarli chora emasligini, balki masalaga kompleks yondoshish, ijtimoiy va siyosiy choralarni ham tashkillash zaruratini o‘rtaga tashladi. O‘shanda karantin metodikasini standartlashtirish borasida qator xalqaro anjumanlar o‘tkazildi va jarayonning iqtisodiy asoslari belgilanib, tibbiy-tashkiliy jihatlari standartlashtirildi.

Karantin e’lon qilish va tashkillash borasidagi hozirgi zamonaviy qoidalar majmui esa Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 1951-yildagi sessiyasida qabul qilingan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:544 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829