• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 5 » Nyu-Yorkda ikki o‘zbek koronavirusdan vafot etdi
11:12
Nyu-Yorkda ikki o‘zbek koronavirusdan vafot etdi

Nyu-York shahrining Bruklin tumanida joriy haftada ikki o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi. Biri erkak, biri ayol bo‘lgan marhumlarning yoshi 50—60 orasida bo‘lgan. Ular Qo‘shma Shtatlarda doimiy yashab, ishlab kelgan, oilalari ham shu yerda. Bu haqda "Amerika ovozi” xabar berdi.

Marhum erkak Nyu-Jersi shtatida koronavirusdan jon berganlar bo‘yicha qoidalar asosida dafn etilgan. Marosimda oz odam qatnashgan. Janoza o‘qilgan, lekin boshqa urf-odatlar chetlab o‘tilgan.

Marhumning oilasiga yaqin manbalar u ham koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgan. 6—7 yildan buyon AQShda o‘z oilasi bilan doimiy yashab kelgan fuqaro qand kasalligidan aziyat chekkan. Ustachilik bilan shug‘ullangan 51 yoshli erkak mart oyining o‘rtalarida shamollagan va o‘pkasi yallig‘lanib, kasalxonaga tushgan. Pnevmoniya uning holatini yanada og‘irlashtirgan.

3-aprel kuni esa Bruklindagi kasalxonalardan birida joni uzilgan o‘zbekistonlik ayolning yaqinlari u COVID-19’dan vafot etganini tasdiqlagan. Yoshi 60 dan oshgan ayol 9 yildan buyon AQShda doimiy yashab kelgan.

Ta’kidlanishicha, Nyu-York shahrida o‘n minglab o‘zbekistonliklar yashaydi. Hududda keng tarqalgan koronavirusdan aziyat chekayotganlar orasida ular ham anchagina.

Bemorlar orasida homilador ayollar, qolaversa, yoshlar va keksalar ham bor. Kasalxonalarda joy yetishmagani bois va ahvoliga qarab, shifokorlar muayyan talablar bilan ba’zilarni uyiga jo‘natmoqda.

"O‘zbekiston fuqarolari orasida virusdan o‘lim hollari yuz berganida va umuman fuqarolar hozirgi favqulodda holatlarda O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi konsulligi bilan bog‘lanishi tavsiya qilinadi. Vakolatxonalar har jihatdan ko‘mak ko‘rsata olmasligi mumkin, lekin elchixona va konsullik hujjatlar, shuningdek, boshqa zaruratlar borasida ko‘maklashishga tayyor ekanini eslatib turibdi”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 4-aprel Toshkent vaqti bilan soat 21:00 holatiga ko‘ra, 266 nafarga yetdi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь