• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 289
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 14 » Nyu-York shahri meri koronavirus bilan kasallanganlar soni kamayganini ma’lum qildi
11:31
Nyu-York shahri meri koronavirus bilan kasallanganlar soni kamayganini ma’lum qildi

Nyu-York meri Bill de Blazio shaharda koronavirus bilan kasallanganlar va kasalxonaga yotqizilganlar soni kamayganini ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times xabar bergan.

Merning aytishicha, shanba kuni 383 nafar odam COVID-19 bilan kasallanib kasalxonaga yotqizilgan, juma kuni ushbu raqam 463 ni tashkil qilgan, intensiv davolash bo‘limlariga joylashtirilganlarning soni esa mos ravishda 857 ga 835 nisbatida bo‘lgan.

Shuningdek, de Blazioning so‘zlariga ko‘ra COVID-19’ga test qilingan odamlarda koronavirus aniqlanishining ko‘rsatkichi 59,2 foizdan 58,1 foizgacha pasaygan. Biroq shunga qaramay, ushbu kamayish vaziyatning yaxshilangani va karantin choralarini yengillashtirish lozimligini anglatmaydi, bunga hali erta. Nyu-Yorkda COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 103,2 ming nafarga yetgan, 6,9 ming nafar kishi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida vafot etgan.

Nyu-York shtati bo‘yicha o‘lganlar soni 10 ming nafardan oshib ketgan, 12-aprel holatiga ko‘ra o‘lim ko‘rsatkichi muayyan darajada pasaygan, ya’ni bir kunda 671 nafar kishi vafot etdi. Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo shtatda koronavirus tarqalishi nazoratga olingani va "eng yomoni” ortda qolganini ma’lum qilgan. Shuningdek, shtat aholini o‘ylamay qadam bosmaslikka chaqirib, bu COVID-19’dan vafot etadiganlar sonining o‘sishiga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

5-aprelda Nyu-Yorkda doimiy yashab, ishlab kelgan, oilalari ham shu yerda bo‘lgan ikki nafar o‘zbekistonlikning COVID-19’dan vafot etgani xabar qilingan, keyinchalik O‘zbekiston TIV ushbu ma’lumotni tasdiqlagandi. 7-aprelda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan o‘lgani ma’lum qilindi. Keyinroq Nyu-Yorkdagi uchinchi qurbon mashhur shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekani oydinlashdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:618 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь