• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 4 » Nukus, Urganch va Xiva atrofida “yashil belbog‘” — himoya daraxtzorlari barpo etilishi mumkin
16:02
Nukus, Urganch va Xiva atrofida “yashil belbog‘” — himoya daraxtzorlari barpo etilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasi "Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Xorazm viloyatining Urganch, Xiva shaharlari atrofida himoya daraxtzorlari – ‘yashil belbog‘’ barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjati loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida "yashil belbog‘” — himoya daraxtzorlari barpo etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:

"yashil belbog‘” barpo etiladigan yer maydonlarini tanlash, loyiha-qidiruv va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini;
loyiha-smeta hujjatlariga asosan o‘z vaqtida moliyalashtirilishini;
Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida "yashil belbog‘” himoya daraxtzorlarini barpo etilishini tashkil qiladi.
Quyidagilar "yashil belbog‘” barpo etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti va Xorazm viloyati mahalliy budjetining prognozga nisbatan oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar;

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘lari;

Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari;

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston norezidentlarining homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida "yashil belbog‘” barpo etish bo‘yicha istisno tariqasida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi:

"O‘rmonqurilish” davlat unitar korxonasi – bosh buyurtmachi;

"O‘rmonloyiha” davlat unitar korxonasi – bosh loyihachi;
davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudratchi tashkilotlar etib belgilanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda "yashil belbog‘” barpo etilgan hududlardagi daraxtzorlarni shikastlantirish, payhon qilishdan saqlash, parvarishlash hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlarini samarali etadi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi "yashil belbog‘” barpo etib, dalolatnoma asosida yer egalariga topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTning 2019-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida, "yashil belbog‘” dasturini qabul qilish taklifini bildirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:523 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031