• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2014 » Avgust » 18 » NUJLAR ROSTDAN HAM BORMI?
01:47
NUJLAR ROSTDAN HAM BORMI?

Keyingi paytlarda NUJ – noma’lum uchuvchi jismning tevaragida g‘aroyib holatlar bo‘lyapti. Yetakchi davlatlarning hukumatlari birin-ketin ufologik arxivlaridagi sirlarini fosh etishmoqda. Avvaliga AQSh 1947 yili Nyu-Mexikoda NUJning falokatga uchraganligi haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

O‘shanda go‘yoki uch nafar kelgindi ham halok bo‘lgan emish. Undan keyin esa, Buyuk Britaniyada NUJlar kuzatilganligi va muloqotlar olib borilganiga guvohlik beruvchi sirli fayllarga erkin kirish imkonini yaratib berdi.

Hukumatlarning bunday faolliklarining sabablari nima? Bu haqda Rossiya geografik jamiyatining ufologik komissiyasi raisi Mixail Gershteyn bilan bo‘lgan muloqotda bir muncha aniqliklar kiritildi.

***
- Biz nima bilan shug‘ullanayapmiz? Yoki uchar likopchalar haqidagi shov-shuvlarga qaytyapmizmi?

-O‘ylashimcha, ancha paytdan beri yig‘ilib qolgan hujjatlarning sirlarini ochishning vaqti keldi. Bizda bular haqida juda ko‘p arxiv hujjatlari bor bo‘lib, albatta, bularni ko‘pchilikka yetkazishimiz kerak. Boisi Rassiyada ham NUJlarni qadimdan boshlab kuzatishgan. "Osmondan tushgan”lar haqidagi eslatmalar ko‘hna qo‘lyozmalarda, XVIII asrlardagi nashrlarda, XIX va XX asrlarda chop etilgan gazetalarda xabar qayd etilgan. NUJlar bizning davrimizda ham osmonimizni tark etgan emas. Brejnev rahbarlik qilgan davrda NUJlar ustidagi tadqiqotlar Fanlar Akademiyasi va Mudofaa vazirligining hamkorlik dasturi asosida tashkil qilingan. Shuni alohida ta’kidlaymanki, davlat ufologik komissiyasining faoliyati hukumat miqyosida qo‘llab-quvvatlab kelingan.

- Buning natijasi haqida nima deya olasiz? Amerikaliklarda har holda uchta kelgindining jasadi bor ekan. Bizda qanday dalillar bor?

- Amerikaliklarda hech qanday kelgindining jasadi yo‘q. Nyu-Mexiko yaqinidagi Rozuello hududiga SSSRdagi yadro sinovlarini kuzatib boradigan harbiy-fazoviy uskuna qulab tushgan. Go‘yoki kelgindilarning jasadlari yorib ko‘rilganligi haqidagi film o‘sha voqeadan ancha keyin paydo bo‘lgandi. Unda hayvonning ichak – chavoqlari tiqib solib qo‘yilgan maneken tasvirga tushirilgan edi. Bu filmning mutlaqo soxta ekanligi haqida uning muallifi keyinroq iqror bo‘lgan. Uning bunday shov-shuv ko‘tarishdan maqsadi esa, asosan, mablag‘ jamg‘arib, olish bo‘lgan ekan. NUJlar halokatiga oid bu va bundan tashqari, yana o‘nlab ma’lumotlarni ufologiya hodisalari qatoridan batamom chiqarib yuborish mumkin.

Ushbu mavzuga oid bir misolni keltiraman. Petrozavodskdagi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan, aniqrog‘i, shahar aholisi 1977 yilning sentyabr oyida osmon uzra yaraqlagan ulkan sirli olovni kuzatishgan edi. Bu hodisa tekshirib ko‘rilganida, Yerning sun’iy yo‘ldoshiga fazoviy kema uchirilgan bo‘lib chiqqan. Umuman, rostini aytsam, NUJlar haqidagi 95 foiz ma’lumotlar g‘irt yolg‘on ekanligi fosh etilgan. Keyingi paytlarda har nimalarni NUJlar, deb hisoblashayapti. Aytaylik, Sankt-Peterburg yaqinida samolyotlar qo‘nadigan yangi trassa ishga tushirildi. Samolyotlar "Pulkovo”ga qo‘nadigan paytda ulkan olov kabi yorug‘lik paydo bo‘lib, burilayotgan paytda bir zumda g‘oyib bo‘lib qoladi. Ana shunday lahzalarga ko‘zi tushgan odamlar hayratga tushishib, "Ana NUJlar!” deyishadi.

- Siz mening o‘zga sayyoraliklar haqidagi oxirgi ishonchimni ham yo‘qqa chiqaryapsiz…

- Sira tashvish chekmang, bizda bu borada juda ishonchli dalillarga ega voqealar yetarlicha bor. Misol uchun, sho‘ro davrida faoliyat olib borgan ufolog Feliks Zigel 1978 yilning 8 avgustida Estoniya osmonida NUJlarni kuzatgan. G‘ayrioddiy hodisalar tadqiqotchisi Valentin Fomenko o‘tgan asrning 50-yillarida bir necha kilometr masofani egallagan ulkan NUJni ko‘rgan. U bu hodisadan hayratga tushgan va ushbu hodisaga guvoh bo‘lgan odamlar bilan suhbatlashib, birma-bir so‘rab-surishtirgan, voqeaning haqiqatda bo‘lganligini tasdiqlagan. Hisob-kitob qilib ko‘rgan Fomenko noma’lum jismning balandligi va uzunligini aniqlay olgan.

- NUJlarga duch kelgan odamlarga biror tavsiya ishlab chiqilganmi? Deylik, birorta odam noma’lum jismni ko‘rib qolsa, nima qilishi kerak, yashirinishi zarurmi, yoki ularni qarshi olishi kerakmi?

- Agar NUJ juda yaqin bo‘lsa, kishi o‘zini huddi katta itni ko‘rib qolgandek tutishi kerak. Toki, o‘sha jismning e’tiborini o‘ziga tortmaslik, qo‘lni siltamaslik, umuman, uning jahlini chiqarmaslik kerak. Yaxshisi, imkoni boricha yaqin atrofga yashirinishga harakat qilish lozim. Axir, bu jismning e’tiborini jalb qilish qanday xotima bilan tugashi ma’lum emas. Shunday voqealar bo‘lganki, noma’lum jism bilan to‘qnashgan ba’zi odamlarning oyoq-qo‘llari harakatsiz bo‘lib qolgan, ayrimlarining tanasi kuyib ketgan. Albatta, bunday g‘ayrioddiy hodisaga duch kelgan odam bu voqeaning qachon va qayerda bo‘lganligini eslab qolishsa foydali bo‘lardi.

- Kelgindilar har doim ham odamlarga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo‘lishadimi?

- Muloqotlar turlicha bo‘ladi. Ya’ni, NUJlar noma’lum ravishda bizga tahdid solgan paytlar ham bo‘lgan. Shuning uchun bu borada tavakkal qilish to‘g‘ri kelmaydi. Kelgindilarning Yerimizga kelishining asl sabablari haqida faqat tahmin qilishimiz mumkin, xolos. Tahminlarimiz ravshan bo‘lishi uchun bu borada aniq maqsadga erishmog‘imiz kerak. Ularning o‘zlarini tutishlari bizning kurramiz odatlari mantig‘iga sira mos kelmaydi. Qolaversa, noma’lum jismlar biz tomonga nima maqsad bilan uchib kelishayotganini anglab yetishimizning imkoni ham umuman yo‘q.
Категория: Turfa olam | Просмотров:3706 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:01
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Avgust 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031