• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 50
Гостей: 50
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 27 » Noqulay vaziyatdagi memlar “asoschisi” rejissor Robert B.Weide Toshkentdagi restorandan bepul buterbrod so‘radi
18:12
Noqulay vaziyatdagi memlar “asoschisi” rejissor Robert B.Weide Toshkentdagi restorandan bepul buterbrod so‘radi

Toshkentdagi TESTO by Zamira&Co restorani koronavirus sabab mamlakatdagi o‘rta biznesning ahvolini ifoda etish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga menyu peshlavhasining rasmini joylashtirdi. Peshlavhaga yozilgan "Directed by Robert B.Weide” jumlasiga ushbu memga sababchi bo‘lgan rejissorning o‘zi Twitter’dagi sahifasi orqali javob qaytardi.

Twitter’dagi sahifasiga "Tez ovqatlanadigan restoranlardan birining qarshisidagi menyu. Toshkent, O‘zbekiston. Jerri Lyuis Fransiyada, Devid Xasselxoff Germaniyada mashhur bo‘lgani kabi, men ham O‘zbekistonda taniqliman shekilli”, — deya yozib qoldirgan.

O‘z navbatida restoran ham ushbu postga javob qaytarib, "Noto‘g‘ri tayyorlangan taomlarni ‘Robert B.Weide’ning maxsus menyusi’ deb nomlash biz uchun sharaf bo‘lardi”, — deya izoh qoldirgan.

Restoranning Facebook’dagi sahifasiga joylangan rasm ostiga esa rejissor quyiga fikrni bildirgan: "Mehmonga borsam, tekin buterbrod berasizlarmi?”. Restoran bunga ham javob qaytargan: "Agarda kelsangiz, o‘xshamay qolgan ovqatlarga sizning nomingizni beramiz”.

Aksariyat hollarda internetda noqulay yoki o‘xshamagan vaziyat aks etgan videolar oxirida "Directed by Robert B.Weide” degan yozuv chiqadi.

Ko‘plab memlarning tug‘ilishiga sabab bo‘lgan bu qora ekran "Shijoatingizni jilovlang” (Curb your enthusiasm) serialidan olingan. "Shijoatingizni jilovlang” seriali HBO tomonidan 2000-yillardan suratga olingan va 17 yil davomida 9 mavsumi efirga uzatilgan. Bu serialning mashhurligi, ijodkor Larri Devidning qiyofasi bilan bog‘liq.

"Shijoatingizni jilovlang” komediyasi bema’ni va noqulay vaziyatlarni ustiga qurilgan. Ko‘pincha bunday be’mani sahnalar o‘ziga xos kulgili musiqa va titrli ekran bilan tugagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "Shijoatingizni jilovlang” komediyasidagi musiqa va qora fon birinchi marta 2015-yilda ishlatilgan. Las-Vegasda "Koinot go‘zali” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Finalga kolumbiyalik Ariadna Gutiyerrez va filippinlik Pia Alonzo Vurtzbach chiqqan. 

Tanlov boshlovchisi g‘olib ismini e’lon qilib, mukofotni kolumbiyalik qizga topshiradi va boshiga toj kiydiradi. Ammo bir necha daqiqadan so‘ng, boshlovchi uzr so‘rab, adashib ketganini aytadi. U kolumbiyalik ayolning tojini yechib, filippinlikka uzatadi. YouTube tomoshabinlari bu holatni "Directed by Robert B.Weide” jumlasi bilan yakunlashni ma’qul ko‘radi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:550 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031