• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyun » 14 » Nobelni o‘ylab topgan odam ro‘za tutishi kerak!
20:20
Nobelni o‘ylab topgan odam ro‘za tutishi kerak!

"Sumalakni kashf etgan odamga Nobel berish kerak”, degan gapga mashhur hajv ustasi Hojiboy Tojiboyevning "Nobelni kashf etganga sumalak berish kerak”, deya aytgan kulgi aralash gapi qadim tarixga ega bo‘lgan borlig‘imizni qandaydir mukofotlarga tenglashga nisbatan kinoyasi edi.
 
YAqinda ro‘za tutib turishning inson salomatligiga ijobiy ta'sirini isbotlab, jahonning manaman degan mukofotiga loyiq ko‘rilgan olim haqida o‘qib qoldim. Mohi Ramazon kunlarida sizga shuni ilindim.
 
O‘tgan yilning 3 oktyabr kuni tibbiyot va fiziologiya sohasida Tokio texnologiya universitetining biologiya hujayralari bo‘yicha mutaxassisi Yosinori Osumi Nobel mukofotining laureati deya e'lon qilindi. U "autofagiyalar mexanizmini kashf qilgani uchun” ushbu mukofot sohibiga aylangan."Osumining ixtirosi bizlarga yangi namunani, ya'ni hujayra o‘zining jamlanmasini qayta ishlashini tushunishimizga yordam berdi. Uning bu kashfiyoti tanamizdagi fiziologik jarayonlarning qanday kechishi, insonning ochlikka moslashishi va yuqumli kasalliklarga qanday javob qaytarishi haqidagi tushunchalarimizning asosiy bilimlarini bera oldi”, deya xabar beradi Nobel mukofoti qo‘mitasi matbuot xizmati.
 
Autofagiya – bu hujayralarning kerakmas qismlarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash jarayonidir. Atamaning o‘zi ikkita grekcha so‘zdan shakllangan bo‘lib, "o‘zini o‘zi yemoq” ma'nosini anglatadi.
 
Ona tabiat hammasini hisobga olgan holda, hujayralarga shunday xususiyat bo‘lib berganki, bu xususiyat bilan hujayralar o‘zlariga zararli va keraksiz deb bilgan narsalarni yo‘q qilishga qodir. Ular xuddi biz kabi harakatlanadi. Faqat avtomatik ravishda. Chiqindilarni maxsus qoplar (autofagosoma)ga joylashtirib, konteyner (lizosoma)larga qo‘shib yuboradi, "ifloslantiruvchi” chiqindilarni yemirib, chiqarib tashlaydi. Ulardan yangi qurilmalar chiqariladi va hujayralarni yangilash uchun ishlatiladi. Qayta ishlangan, ya'ni "ikkinchi xomashyo”ga oid moddalar hujayralar ozuqasi bo‘lib xizmat qilishga yuboriladi.
 
Autofagiya jarayoni orqali hujayralarga tushgan infeksiya va paydo bo‘lgan toksinlar tozalanadi. Autofagiya jarayoni organizm stress holatiga tushgan vaqtda, masalan, organizmning ochlik holatida jadallik bilan ishlashni boshlaydi. Bu jarayonda hujayralar o‘zining ichki resurslari (to‘plangan chiqindilar) hisobiga o‘zidan, jumladan, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalardan quvvat ishlab chiqaradi.
 
Osumining hamkasblari autofagiya kishi tanasini erta qarishdan himoya qiladi, deb ishontirishmoqda. Ehtimol, hattoki, yosh hujayralar evaziga tanani yoshartirish mumkin. Bu narsa tanadan eski hujayralarning va shikastlangan oqsillarning chiqitga chiqishi bilan bog‘liq.
 
Hattoki, autofagiya organizmni erta qarishdan ham saqlaydi. Yangi hujayralar paydo bo‘lishi hisobiga hatto yoshartirar ekan. Yoshlikni saqlab qolish mexanizmini kashf qilgan ixtirochining o‘zi ham yosh ko‘rinadi. Autofagiya jarayonining buzilishi esa parkinson, diabet, saraton kasalliklariga olib keladi.
 
Xulosa qilib aytganda, sovrindorning kashfiyoti – "Och qolish, ba'zan ro‘za tutib turish ham foydali bo‘lib, bu jarayonda organizm haqiqatdan ham tozalanadi”, degan nazariyasi Nobel mukofoti qo‘mitasi tomonidan ma'qullandi.
 
Ming afsuski, 72 yoshli yapon olimi Yosinori Osumi ming yillar avval islom dunyosiga ma'lum xaqiqatni yana bir bor takrorlabdi, xolos.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1656 | Добавил: Admin | Теги: Nobelni o‘ylab topgan odam ro‘za tu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930