• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 19 » Nigeriyada yashirin ravishda koronavirusni davolayotgan shifoxonalar yopiladi
14:23
Nigeriyada yashirin ravishda koronavirusni davolayotgan shifoxonalar yopiladi

Nigeriyada koronavirus bilan kasallangan bemorlar yashirin davolanadigan xususiy tibbiyot markazlari va shifoxonalar yopiladi. Bu haqda Nigeriya hukumati ma’lum qildi.

"Mamlakatning ba’zi badavlat odamlari koronavirusga chalinsa Kasalliklarni nazorat qilish markaziga xabar berishning o‘rniga, xususiy klinikalarga murojaat qiladi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu masala Nigeriya Prezidenti Muhammad Buxoriy​ boshchiligidagi COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha ishchi guruhining kundalik brifinglarida bir necha bor ko‘tarilgan. Ulardan birida Nigeriya Sog‘liqni saqlash vaziri yuqumli kasalliklarni davolash uchun xususiy muassasalar COVID​-19 kasalligini davolash uchun maxsus akkreditatsiyadan o‘tishi kerakligini aytdi.

Hukumat hisobotiga ko‘ra, ushbu qoidalarni e’tiborsiz qoldirishda davom etayotgan klinikalar tufayli koronavirus ba’zi viloyatlarga keng tarqalishi mumkin. Shuningdek, koronavirusni yashirin davolashga urinish tibbiy xodimlar va boshqa bemorlar uchun xavfli ekani aytilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Nigeriyada koronavirus bilan bog‘liq 542 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 166 nafari sog‘aygan, 19 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 357 kishini tashkil qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:542 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь