• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 18 » Niderlandiyalik ekspertlar ham Sardoba falokatiga kuchli shamol va yog‘ingarchilikni sabab qilib ko‘rsatdi
10:38
Niderlandiyalik ekspertlar ham Sardoba falokatiga kuchli shamol va yog‘ingarchilikni sabab qilib ko‘rsatdi

Niderlandiyaning "Deltares" tahlil markazi Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda kecha, 17 may kuni "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, tadqiqot Sandjay Giri, Gennadiy Donchits va Mark Xegnauer mutaxassislar guruhi tomonidan o‘tkazilgan.

Hisobot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, to‘g‘onning buzilishiga ko‘p miqdordagi yog‘ingarchilik, kuchli shamol yoki ichki quvurlarning eroziyasi sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar suv resurslarini maqbul boshqarish zarurligini inobatga olib, barcha tabiiy (gidrometeorologik, geomorfologik) hodisalarni, shuningdek texnogen tadbirlar va suv infratuzilmasini hisobga olgan holda suv resurslarini boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish bo‘yicha harakatlar juda muhim deb hisoblaydilar.

Ma’lumot uchun, "Deltares" suv va mineral resurslar bo‘yicha mustaqil amaliy tadqiqotlar instituti hisoblanadi. Markaz Niderlandiyaning Delft va Utrext shaharlarida joylashgan. Institutda 800 dan ortiq mutaxassislar ishlaydi. U odamlar, atrof-muhit va jamiyat uchun aqlli yechimlar, yangiliklar va ilovalar ustida ishlaydi. Asosiy e’tibor deltalar, qirg‘oqbo‘yi zonalari va daryo havzalariga qaratilgan. Ijtimoiy masalalarni global kun tartibiga olib chiqadigan yangi yechimlarni taklif qiladi. Niderlandiya instituti hukumatlar, korxonalar, boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlar bilan hamkorlikda ishlaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:499 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь