• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 57
Гостей: 57
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 23 » Neft narxi “qulaganda” kim yutadi va kim yutqizadi?
10:40
Neft narxi “qulaganda” kim yutadi va kim yutqizadi?

Dunyoda neft narxining tushishi gaz va benzinni ko‘p iste’mol qiluvchi mamlakatlar uchun xursandchilik qilishga arzigulik holat hisoblanadi. O‘rta hisobda amerikalik oddiy vaqtlarda kuniga 10 litr neft va neft mahsulotini sarflaydi.

Ammo "qora oltin” narxining bunday pasayishi neft qazib oluvchi mamlakatlarda millionlab insonlarga halokat va mashaqqatni olib kelishi  
mumkin.

Neftni nega "qora oltin” deyilishini bilasizmi? Qachonki narxlar o‘sib borsa, neftdan tushayotgan foyda uni ishlab chiqaruvchi davlat va 
kompaniyalarning g‘aznasini to‘ldiradi.

Ammo hozirgi vaziyatda neftga ega bo‘lish marhamat emas, qarg‘ishdek tuyula boshladi.

Xalqaro energetika agentligi (XEA) neft narxi barreliga 30 dollar bo‘lgan vaqtda Ekvador, Nigeriya va Iroq daromadlari 50-85 foizga kamayishi va natijada ushbu davlatlar jiddiy zarar ko‘rishidan ogohlantirgandi. Endilikda neft narxi 20 dollardan tushb ketdi. Bu haqiqiy falokat emasmi?

Iroq eksportining 98,5 foiz daromadi yonilg‘i savdosidan keladi. XEAning ta’kidlashicha, Iroq hukumati faqatgina davlat xizmatchilariga maoshini to‘laganda ham yil davomida 50 mlrd dollar miqdorida byudjet taqchilligiga duch keladi. Bu holat pandemiya vaqtida sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy zarba beradi.

Har bir davlatning neft qazib olishga qancha mablag‘ sarflashi ham ularning zaifligini ko‘rsatib beradi. Saudiya Arabistoni neft qazib olish uchun eng kam sarflaydigan mamlakatlardan. Ammo uning xomashyoga bog‘lanib qolgani 100 mlrd dollardan ko‘proq byudjet taqchilligi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. U 2014 yilda neft narxi sezilarli tushib ketganidan keyin hamon o‘zini tiklab olish davrini kechiryapti. Turizm sohasini rivojlantirish neftdan hosil bo‘lgan bo‘shliqni to‘ldirishga yetmadi.

Davlat xarajatlari va daromadlarni muvofiqlashtirish uchun neft narxi barreliga 85 dollar bo‘lishi kerak.
Taqdir hazilini qarangki, aynan Saudiya Arabistoni neft bo‘yicha raqobatchisi Rossiyaga zarba berish uchun ishlab chiqarishni ko‘paytirish va narxni pasaytirishga harakat qilgandi. Ta’kidlash kerakki, Rossiya neftga kamroq bog‘lanib qolgan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp neft-gaz kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Bungacha ham yonilg‘i qazib oluvchilarga subsidiya sifatida 650 mlrd dollar ajratilgandi. AQSHda neftni saqlash muammosi G‘arbiy Texasda xomashyo qazib olishni borgan sari kamayishiga sabab bo‘ldi. Neft qazib olishdan keladigan daromad AQSH iqtisodida katta ulushga ega emas. Bu o‘z navbatida AQSHning neftga bog‘liqligini kamaytiradi.

Nazariy jihatdan olib qaraganda neftning past narxi haydovchi va zavodlar uchun bonus bo‘lishi kerak. Ammo hozirgidek harakatlanish va 
ishlab chiqarish cheklangan vaqtda bu holat foyda bermaydi.
Vaziyat neftni eng ko‘p import qiluvchi davlat – Xitoyga qo‘l keladi. Mamlakat dunyo neftining beshdan birini xarid qiladi. Ayni vaqtdagi narxlar va epidemiyadan keyin ishlab chiqarishning qayta jonlanayotgani sababli Xitoy neft zaxiralarini to‘ldirish payiga tushgan.

Umumiy olganda neft narxi tushsa, uni ishlab chiqaruvchilar uchun asoratli inqiroz xavfi ortadi. Biroq, narx past holatda saqlanib qolsa, boshqa davlatlarning oyoqqa turib olishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:584 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь