• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 374
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 24
Гостей: 24
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2018 » May » 30 » Navbat Telegram’ga! O‘zbekistondagi yirik Telegram kanali adminlari jinoyatda ayblanmoqda
14:37
Navbat Telegram’ga! O‘zbekistondagi yirik Telegram kanali adminlari jinoyatda ayblanmoqda

Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Namanganliklar”, "Namangan-Cars” kanali adminlari fuqarodan tovlamachilik yo‘li bilan pul olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda "Qalampir" internet nashriga ishonchli manbalar xabar berdi.
 
Ma'lumotga ko‘ra, 28 may, dushanba kuni Namangan shahar, Mehnatobod MFY, 2-o‘tish Shabada ko‘chasi, 3-uyda yashovchi, Namangan shahridagi "Anhor ifori” MCHJ (Soxil oshxonasi) rahbari, 1984 yilda tug‘ilgan Qayumov Nodirbek Baxodirovich viloyat IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
 
Murojaatnomada aytilishicha, 27 may kuni "Soxil” oshxonasida 5 nafar ayol mijoz ovqatdan tarakan chiqqanini tasvirga olishgani va bu videoni internet orqali tarqatish maqsadida Telegram’dagi "Namanganliklar” kanaliga yuborishlarini aytgan. Nodirbek Qayumov esa bu holat yuzasidan mijozlardan uzr so‘rab, 250000 ming so‘mlik hisobni to‘lamasdan ketishlari mumkinligini aytgan, ammo, ular videoni tarqatmaslikni kanal admini bilan kelishib olish kerakligini ta'kidlab oshxonani tark etishgan.
 
Oradan 15 daqiqa o‘tib, shu oshxonaga o‘zini "Namanganliklar” kanali admini sifatida tanishtirgan Jobir ismli yigit kirib keladi va oshxona rahbariga kanalida 100000 dan ortiq obunachi borligi, agar video kanalga joylansa, bu oshxonaga mijozlar kelmay qo‘yishini aytgan.
 
Nodirbek Qayumov Jobirdan videoni tarqatmaslikni so‘ragan, ammo, Jobir oldin kanal boshlig‘idan so‘rab, unga xabar berishini aytgan. Voqyeadan bir kun o‘tib, 28 may kuni, soat 15:00 da Nodir Qayumov kanal admini Jobir Bahodirov bilan ko‘rishganida Jobir unga videoni tarqatmaslik uchun 600 AQSH dollari berishi kerakligi va pullarni boshlig‘i aytgan raqam egasiga olib borib berish kerakligini aytgan.
 
Shundan so‘ng "Soxil” oshxonasi rahbari Jobirning harakatlari qonuniy ekanligini tekshirib berish uchun IIBga murojaat qilgan.
 
Arizaga asosan 28 may kuni Namangan viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida, Namangan shahar, 5-Ashxobod ko‘chasi, 8-uyda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan Tursunboyev Obidxon Olim o‘g‘li shahardagi Go‘zal bolalar shifoxonasi hududida arizachi Nodir Qayumovdan 600 AQSH dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
 
Tursunboyev Obidxonning roziligida o‘tkazilgan tadbir davomida Namangan shahar, Nurafshon ko‘chasi 1-berk, 3-uyda yashovchi kompyuterxona ishchisi, Telegram’dagi "Namanganliklar” kanali admini, 1992 yilda tug‘ilgan, Abdurahmonov Muzaffarmirzo Malik o‘g‘li shahardagi "Chorsu” mehmonxonasi ro‘parasida joylashgan kompyuterxonasida Obidxon Tursunboyev orqali 600 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan. Ashyoviy dalil tariqasida pullar olingan.
 
Muzaffarmirzo Abdurahmonovning ko‘rsatmasiga asosan Namangan shahar, Haqiqat MFY, Temir ko‘chasi, 20-b uyda yashovchi Telegram’da "Namangan-Cars” kanali admini Bahodirov Jobir Zokirjonovichdan aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi tegishli ko‘rsatmalar olindi.
 
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
"Namanganliklar” kanali bugun (28 may) dan e'tiboran noqonuniy faoliyat olib borgani sabab o‘z faoliyatini tugatdi. Xuddi shuningdek, "Namangan-Cars” kanali ham noqonuniy faoliyati sabab to‘xtatildi”, deya kanalga post joylashtirilgan. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:1181 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь