• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 27
Гостей: 27
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 12 » Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida ilk bor O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist bo‘ldi
16:23
Navbahor Imomova AQSh OAV tarixida ilk bor O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist bo‘ldi

"Amerika ovozi” teleradiosi jurnalisti Navbahor Imomova O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zA.

Eslatib o‘tamiz, shu davrgacha muayyan tadbirlarni yoritish uchun ma’lum bir belgilangan muddatli ruxsatnomalar berilgan, biroq mamlakatda emin-erkin faoliyat yuritish uchun hali amerikalik biror bir jurnalist bunday maqomga bugungi kungacha ega bo‘lmagan edi.

Navbahor Imomova — Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Qo‘shqo‘rg‘on qishlog‘ida ziyoli oilasida ulg‘aygan. "Amerika Ovozi”da 2002-yildan beri ishlaydi. TV, radioda onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir bo‘lib ishlab keladi. "Amerika manzaralari” turkumidagi teledasturlar muallifi. 

Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O‘zbekiston radiosining "Xalqaro hayot” tahririyatida boshlagan. O‘zbekiston Davlat Jahon tillar universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo‘yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur universitetidan, magistrlikni esa AQShning Bol Davlat universitetidan olgan. Shuningdek, Garvard universitetidan Davlat boshqaruvi va liderlik bo‘yicha magistrlik diplomiga ega.

Navbahor Imamova Vashingtonda Markaziy Osiyo bo‘yicha yetakchi mutaxassis. 16 yildan beri Amerikaning mintaqaga nisbatan siyosati, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh orasidagi munosabatlarni va ular ortidagi omillarni yaqindan yoritib, tahlil qilib keladi. Shuningdek, Amerikada yashovchi o‘zbeklar va boshqa markaziy osiyoliklar hayoti haqida chuqur bilimga ega. Diaspora mavzusida G‘arb siyosiy va ilmiy doiralarida ma’ruzalar o‘qiydi va bu borada qator maqola va materiallar muallifi. Navbahor Imomova nufuzli oliygohlarda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan bog‘liq boshqa mavzularda so‘zlab tanilgan. Garvard Universitetida Markaziy Osiyo klubini boshqargan.

Navbahor Imomova Kongress a’zolari, Oq uy, Davlat departamenti, Pentagon va boshqa vazirliklarda yuqori lavozimli rasmiylar bilan muloqotlar qilib turadi. Vashington va boshqa joylardagi tahlil va tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanish.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1230 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь