• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 14 » NASA Curiosity marsoxodi qanday qilib “qo‘llarini tozalashi”ni so‘zlab berdi
13:32
NASA Curiosity marsoxodi qanday qilib “qo‘llarini tozalashi”ni so‘zlab berdi

2012-yilning avgustida Curiosity kosmik apparati Mars sayyorasining Geyl krateri yuzasiga qo‘ngan edi. Ayni vaqtda marsoxod Sharp tog‘ida bo‘lib, turli toshlar va tuproqlarning kimyoviy tarkibini aniqlash bilan band. Namunalarni yig‘ish uchun marsoxod manipulyator-qo‘llardan foydalanadi. 12-aprel kuni esa uning "qo‘llari”ni tozalash ehtiyoji tug‘ildi. NASA vakillari Curiosity apparati qanday qilib mustaqil ravishda "qo‘llari”ni tozalaganini so‘zlab berdi.

Bir qancha muddat davomida marsoxod Sharp tog‘ida joylashgan Edinburg quduqlari nomli hududdan namunalar yig‘ish bilan shug‘ullangan. NASA’ning ta’kidlashicha, manipulyatorni tozalash uchun Curiosity uni yuqoriga ko‘tarishi va shunchaki silkitishi kifoya. Bu vaqtda esa marsoxodning o‘zi ortga chekinib, chang va tuproq zarralarining pastga tushishiga imkon yaratib beradi.

"Suv va sovun yo‘qligi marsoxodni ‘yuvish’da qiyinchilik tug‘diradi, biroq biz baribir uning jihozlari maksimal darajada toza qolishini kuzatib kelamiz”, — deyiladi xabarda.

Manipulyatorni muntazam tozalab turish "Qizil sayyora”ning turli hududlaridan olingan namunalarning aralashib ketmasligiga xizmat qiladi. Curiosity kosmik apparati Marsdagi toshlar va tuproqnining kimyoviy tarkibini o‘rganishda APXS spektrometridan, fizik xususiyatlarini esa MAHLI kamerasi yordami o‘rganadi. Ushbu kamera yordamida apparat mart oyining oxirida selfiga ham tushgan edi.

Yaqin kunlar davomida Curiosity ChemCam kompleks jihozlardan faol foydalanishga o‘tadi. Uning yordamida marsoxod Edinburg qudug‘ining ichki devorlarini o‘rganadi, shuningdek, bir qancha joylarni suratga oladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:592 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь