• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 6 » Namangandagi har o‘yin hakami uchun 150 mln so‘m “pora”, boshliqlar yutadigan kuboklar. Aziz Haydarov keskin bayonotlar berdi, so‘ng gaplari
19:32
Namangandagi har o‘yin hakami uchun 150 mln so‘m “pora”, boshliqlar yutadigan kuboklar. Aziz Haydarov keskin bayonotlar berdi, so‘ng gaplari

27-fevral, payshanba kuni, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turi doirasida "Paxtakor” o‘z uyida "Navbahor”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda Namangan klubi a’zosi Islom Isoqjonov ikki marta sariq kartochkaga loyiq ko‘rilib, maydondan chetlatildi. Bu orada "Navbahor” 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Shundan so‘ng "Paxtakor” 2 ta gol urib, g‘alabani ilib ketdi. Qayd etish joiz, hisob 1:1 bo‘lib turgan vaqtda "sherlar” yetakchisi Yegor Krimets ham o‘yindan chetlatildi. O‘yinni Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar boshqarib bordi.

Bellashuv hakamligidan norozi bo‘lgan "Navbahor” klubining bir qator muxlislari o‘yin yakuniga yetgach O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi binosiga boradi. U yerda muxlislarga O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Aziz Haydarov duch keladi. Muxlislar Haydarovga hakamlik borasida norozilik bildirish bilan birga o‘rtadagi suhbatni yozib oladi.

Muxlislar va Haydarov o‘rtasidagi suhbatda O‘FA mulozimi "Navbahor” klubining sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov ishlagan vaqtda uy o‘yinlarida hakamlarga har bir bahs uchun 150 million so‘mdan berilganini ta’kidlagan. Bu pul esa "bolalar”dan yig‘ilganini ma’lum qilgan. Shu boisdan Mo‘minjonov va futbolchilar o‘rtasida nizo yuzaga chiqqani keltirilgan.

Haydarov suhbat davomida "O‘zbekistonda 3 marta kubok yutgan bo‘lsa ham biror marta uni men yutganman demayman, balki uni mening boshliqlarim yutgan. Men hech narsa yutmaganman” degan jumlalarni ham keltirgan.

Ma’lumot uchun, Haydarov futbolchilik vaqtida "Bunyodkor” bilan 3 marta (2008, 2009, 2010) O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Ikki marta mamlakat kubogini (2008, 2010) qo‘lga kiritgan.

Aziz Haydarovning tarqalgan audioyozuvlarga munosabati

Oradan bir hafta o‘tib 5-mart, payshanba kuni, O‘FA terma jamoalar bo‘lim boshlig‘i Aziz Haydarov "Qalampir” nashriga quyidagicha izoh berib, aslida Mo‘minjonov hakamlarga qancha berganini bilmasligni, murabbiy "Navbahor”da ishlagan vaqti u BAAning "Ash-Shabob” klubida to‘p surganligini ta’kidlagan.

"Paxtakor” va "Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, bir guruh namanganlik muxlislar to‘planib turishganini ko‘rdim. Ularni oldiga bordim va tinchlanib, tarqalishlarini so‘radim. Ular men bilan muloqot qilishga kirishdi. Xabaringiz bor, o‘sha yerda bo‘lgan muxlis o‘zaro suhbatni yozib olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan. Audioyozuv 3 daqiqadan iboratligini yaxshi bilasiz. Lekin men u yerda 3 daqiqa emas, balki 20 daqiqadan oshiq gapirganman.

Men u yerda faqat futbolimizdagi yomon illatlar haqida gapirmaganman. Futbolimiz rivojlanayotganini ham gapirganman. Nima uchun audioyozuvni to‘liqligicha tarqatmadi? Ilhom Mo‘minjonov murabbiy bo‘lib ishlagan paytda uy uchrashuvlari uchun hakamlarga 150 million berildi deganman. Aslida qancha berilganini bilmayman. Chunki Mo‘minjonov "Navbahor”da ishlagan paytda men "Al-Shabab”da bo‘lganman. Bu summani ularni tinchlantirish uchun taxminan aytganman. Nima bo‘lgan taqdirda ham Ilhom Mo‘minjonovni ko‘rib turibsizlar. Futboldan chetlatilgan. Buning barchasi bekorga emas.

U yerda gapirilgan ko‘p gaplar audioyozuvda yo‘q. Audioyozuv tarqalgandan keyin ishdan ketish haqida ham o‘yladim. Men bu yerga futbolni rivojlantirish uchun kelganman.

Oradan biroz vaqt o‘tsin, albatta, intervyu beraman. Aynan mana shu holatga to‘xtalib o‘taman. Faqat buning uchun biroz vaqt kerak.

Aziz Haydarov, O‘FAning terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining bo‘lgan voqeliklarga munosabati

Tashkilot Haydarovning tarqalgan audioyozuvi va unda xodimning aytgan so‘zlari bo‘yicha o‘z munosabatini bildirganicha yo‘q.

"Paxtakor”—"Navbahor” uchrashuvi bosh hakami quyi ligaga 1 oylik surgunga yuborildi

O‘FA hakamlik qo‘mitasi 2-mart, dushanba kuni "Paxtakor” — "Navbahor” uchrashuvidagi hakamlikni ko‘rib chiqdi. Qo‘mita qaroriga ko‘ra, Tantashev o‘yin tizginini qo‘ldan chiqargan va intizomiy qarorlar chiqarishda xatoga yo‘l qo‘ygan. Shu sabab hakam bir oy muddatga Superliga o‘yinlaridan chetlatilib, quyi ligaga tushirildi. Mazkur bir oy ichida Superligada uchta tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Mo‘minjonov diskvalifikatsiyasi

"Navbahor” futbol klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov futbolchilarni o‘yinni sotishga undagi uchun 2019-yilning aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan 50 million so‘m miqdorida jarima tortilgan va 5 yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlashtirilgandi.

2020-yilning 3-yanvarida "Surxon” futbol klubi Etika qo‘mitasiga Ilhom Mo‘minjonov ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan va klub murabbiyga kafil bo‘lishini qayd etgan.

Etika qo‘mitasi shulardan kelib chiqib Mo‘minjonovning diskvalifikatsiya muddatini qisqartirgan. Endilikda bu cheklov 2020-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi. Ta’kidlash joiz, O‘FAning 2019-yildagi qarori (mazkur xabar o‘chib ketgan, bu orada tashkilot sayti yangilangan) bo‘yicha Mo‘minjonov umumiy hisobda 5 yil muddatga futbolga oid faoliyatdan chetlatilgani ma’lum qilingandi. Biroq tashkilotning 25-fevral kungi bayonotida muddat 4 yil deb ko‘rsatilgan. Tashkilot qarorini qachon o‘zgartirgani noma’lum. Shu tariqa Mo‘minjonovning 5 yillik diskvalifikatsiyasi 1 yil-u 9 oy deganda yakuniga yetadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:494 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031