• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 16 » Namangandagi bozor va do‘konlarda koronavirus sabab narx-navo o‘sib ketishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda
19:09
Namangandagi bozor va do‘konlarda koronavirus sabab narx-navo o‘sib ketishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda

Namangan shahar hokimligida koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha maxsus shtab tashkil etildi. 

Mazkur shtab ko‘rsatmasiga binoan, viloyat markazidagi barcha bozorlar va jamoat transporti vositalari dezinfeksiyadan o‘tkazildi. Bozorlarning uzluksiz ishlashi ta’minlandi.

Shahardagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari, do‘konlar, aholi gavjum bo‘ladigan manzillarga koronavirusdan saqlanish usullari ko‘rsatilgan varaqalar yopishtirildi.

Reklama tablolarida esa Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorlangan videoroliklar aylantirilmoqda.

Shahar hokimligi shtabi koronavirus vahimasi tufayli narx-navo asossiz oshib ketishining oldini olish bo‘yicha harakatlarni ham muvofiqlashtirmoqda. Buning uchun tashkil etilgan ishonch telefoniga hozirgacha 100 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarda asosan bozor va do‘konlarda kartoshka, un, yog‘ qimmatlagani, Toshkent—Namangan yo‘nalishidagi yo‘lkiralar oshgani, dorixonalarda tibbiyot niqoblari va qo‘llarni dezinfeksiyalovchi vositalar tanqisligi yuzaga kelganligi bildirilgan.

Shahardagi eng yirik Chorsu va Sardoba bozorlaridagi o‘rganishlar chog‘ida kartoshka 2,5 ming so‘mdan 5 ming so‘mgacha sotilayotgani ma’lum bo‘ldi. Afsuski, kartoshkani qoplab xarid qilib, sun’iy taqchillik kelib chiqishi va narx-navo oshishiga xaridorlarning o‘zi ham sababchi bo‘lib qolmoqda.

Vaholanki, viloyat markaziga kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan Yangiqo‘rg‘on tumani va Rossiyadan 15-mart, yakshanba kuni, ham katta miqdorda kartoshka yetkazib kelingan.

Shahar mutasaddilari ijtimoiy tarmoqlar orqali aholiga murojaat qilib, vahimaga o‘rin yo‘qligi, Namanganda yetarlicha oziq-ovqat zaxiralari mavjudligini ta’kidlamoqda. Bu urinishlar o‘z samarasini berishi va mahalliy bozorlar, do‘konlardagi narx-navo tez orada barqarorlashishiga umid bildirilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:594 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031